So’nggi yangiliklar

03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  17

SHaker Zuagi: “Bunyodkor”da faqat g'alaba haqida o'ylash kerak” Yangiliklar

SHaker Zuagi: “Bunyodkor”da faqat g'alaba haqida o'ylash kerak”

“Bunyodkor” bilan shartnoma imzolagan tunislik SHaker Zuagi yangi jamoasidagi ilk intervyusini berdi.
- “Bunyodkor”ga o'tishingiz qanday amalga oshdi?
- Yil boshida “Olmaliq” bilan bir yillik kelishuvga erishgandim. SHartnomam muddati yakunlanib borayotgan paytda agentim “Bunyodkor”dan taklif borligini aytdi. Bu qiziqishni yaxshilab o'rganib chiqib, “Bunyodkor” safiga o'tishga qaror qildim. O'zbekistonda faoliyat boshlashimdan oldin tahminan 5-6 oy jarohat tufayli rasmiy uchrashuvlarda ishtirok eta olmagandim. O'zimni yana qayta ko'rsatish uchun imkon bergan “Olmaliq” klubiga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bu klubda o'ynab, o'zimga bo'lgan ishonchimni yana qaytarib oldim.

- Eshitishimizcha, “Bunyodkor”dan tashqari mamlakatimizning boshqa klublari ham Sizga taklif bilan chiqqan. “Qaldirg'ochlar”ga o'tishingizda yana qanday muhim jihatlar rol o'ynadi?
- “Bunyodkor”ning o'tmishi qanchalik buyuk bo'lsa, uning kelajagi ham shunchalik ishonchli qo'llarda ekanligiga shubham yo'q. Jamoa tarkibida asosan klub tarbiyalanuvchilariga ishonch bildirilayotganligi menga juda-juda yoqdi. CHunki futbolchi klubga nisbatan qanchlik sodiq bo'lsa, jamoa shunchalik hamjihat va kuchli bo'ladi. “Bunyodkor” doimo o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yib keladi. O'ylaymanki, “Bunyodkor” bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritaman.

- Mana bir necha kun mobaynida “Bunyodkor” mashg'ulotlarida ishtirok etib kelyapsiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday?
- O'ylashimcha, “Bunyodkor” futbol klubida yaratilgan sharoitlarga ancha-muncha jamoalar havas bilan qaraydi. Mashg'ulot o'tkazishimiz uchun hamma qulayliklar qarorgohimizda yaratilgan. Suniy va tabiiy maydonlar qishning sovuq kunlarida ham xuddi birdek yam-yashil holatda. Hozirgi paytda mashg'ulotlarimiz uchun muhim sanalgan trenajyor zali, yopiq maydon, yotoqxona va boshqa kerakli narsalarning barchasi bazamizda muhayyo etilgan. Bosh murabbiy Sergey Lushan rang-barang va judayam qiziqarli mashg'ulotlar olib bormoqda. Tarkibdagi futbolchilar bilan ham tez til topishib ketdim. Qisqa qilib aytganda, “Bunyodkor”dagi futbolchilar faqat futbol haqida va faqat g'alaba haqida o'ylashlari lozim!

- “Bunyodkor” uchun yangi mavsum fevral oyidayoq boshlanadi. Bungacha jamoa to'liq tayyor bo'lib ulguradimi?
- Bu jihatni murabbiylar shtabi inobatga olgan va shunga qarab reja ishlab chiqishgan. O'ylaymanki, bu borada muammo bo'lmaydi. SHaxsan o'zim 17 fevralgacha to'liq tayyor bo'laman.

- OCHL-2015 “pley-off” bosqichidagi raqib “Al-Jazira” haqida qanday fikrdasiz?

- Ko'pchilik raqibning kuchli jamoa va yulduzli tarkibga ega ekanligi haqida gapiryapti. SHaxsan men “Al-Jazira”ga odatdagidek raqib sifatida qarayapman. CHunki futbolchi uchun maydondagi raqib baribir raqib jamoa bo'lib qolaverishi kerak, deb hisoblayman. Aksincha, Vuchinich va Jusiley singari yulduzlarga qarshi kechadigan bahsda biz ulardan kam emasligimizni isbotlab berishimiz kerak.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
- O'zbekistondagi bir yillik faoliyatim mobaynida jamoalarning o'yin uslubi, shuningdek futbolchilarning qanday mahoratga ega ekanligi bilan tanishib ulgurdim. Bu esa yurtingiz futbolida o'zimni yanada yaxshi his qilishim uchun ko'mak beradi, deb o'ylayman. Futbolchi sifatida 2015 yilda o'zim haqida yanada yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilaman.

- “Bunyodkor”dagi faoliyatingiz muvaffaqiyatlarga boy bo'lishini tilab qolamiz.

- Rahmat.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика