So’nggi yangiliklar

17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  23 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  7 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  8 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  4 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2

SHahzod Ubaydullaev: "Neftchi"da to'purar bo'lmoqchiman, Evropadagi faoliyatim hali tugamadi" Yangiliklar

SHahzod Ubaydullaev: "Neftchi"da to'purar bo'lmoqchiman, Evropadagi faoliyatim hali tugamadi"

"Neftchi"ning Turkiyada olib borayotgan yig'ini ayni avj pallasiga kirib bo'ldi.

Antalyadagi mashg'ulotlarda yaqinda klub bilan shartnoma tuzgan SHahzod Ubaydullaev ham ishtirok etmoqda. O'tgan mavsumni Belarus chempionati vakili Soligorskning "SHaxtyor" va "Energetik-BGU"da o'tkazgan hujumchi endilikda faoliyatini yurtimizda davom ettiradi. Kecha "Maqtaaral"ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng Ubaydullaevga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Faoliyatingizda ilk bor legioner sifatida to'p tepdingiz. Nima, deb o'ylaysiz, dastlabki urinish qanchalik o'zingiz istagandek bo'ldi?

- Har qanday futbolchiga xorijdagi birinchi mavsumi qiyin bo'ladi. CHunki yangi muhit, yangi jamoa, begona insonlarga o'rganishingiz kerak. Keyinchalik o'rganib oldim. 

- SHahzod Ubaydullaev bor potencialini ko'rsata olgani yo'q. Har holda bizga shunday tuyuldi. Belarus chempionatida sizga nima to'sqinlik qildi?

- O'zbekistonda beriladigan yuklamalar bilan Belarus chempionatidagi yuklamani farqi bor. Bizda ko'proq texnika va taktikaga etibor beriladi. U erda esa jismoniy tayyorgarlik ustuvor hisoblanadi. Mana shu jihatdan qiynaldim. 

- Legionerga aylanishga o'sha vaqt qanchalik tayyor edingiz? 

- Men vaqtida legionerga aylandim. O'zbekistonga qaytishim oilaviy sabablarga bog'liq. Evropaning boshqa klublaridan takliflar bor edi. 

- Aslida kosonsoyliksiz. Sir bo'lmasa, "Navbahor"dan taklif oldingizmi? 

- O'zbekistonga kelishim bilan "Neftchi" taklif bilan chiqdi. O'ylanib o'tirmasdan qabul qildim. Bu jamoa o'z nomi, tarixiga ega. 

- Farg'ona klubida to'p tepa turib yana Evropa klublari nazariga tushishingizga ishonasizmi?

- Hali Evropadagi faoliyatim tugamadi. To'purar bo'lishni maqsad qilganman. SHu orqali yana kuchli klublarga yo'l olishim mumkin. 

- To'purarlik haqida og'iz ochdingiz. So'nggi mavsumlarda Dragan CHeran bu borada peshqadamlikni hech kimga berayotgani yo'q. U sof hujumchi emas. O'zimizning forvardlar ortda qolayotgnini nima bilan izohlaysiz?

- "Paxtakor" o'zi kuchli jamoa. SHu bois CHeranga osonroq kechadi. O'zbekistondagi eng yaxshi legioner. Ko'rsangiz atrofidagilar CHeran orqali o'ynashadi. Uning to'purar bo'layotgani yonida ko'makchilari ko'p. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика