So’nggi yangiliklar

22:53Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна". Таркиблар маълум, "Реал" юришини бошламоқда!  3 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  0 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  4 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  7 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  1 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  3 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  9

SHahzod SHaymanov: “Mashal” ga gol urishni istagandim” Yangiliklar

SHahzod SHaymanov: “Mashal” ga gol urishni istagandim”

“Mashal” futbol klubi tarbiyalanuvchisi SHahzod SHaymanov bu yil “Andijon” uchun to'p tepmoqda.
Iqtidorli futbolchi kecha o'zining sobiq jamoasiga qarshi ilk bor o'ynadi.

- SHahzod, ilk bor “Mashal”ga qarshi o'ynadingiz. Garchi o'z maydoninglarda o'ynagan bo'lsanglarda, yakunda kichik hisobda mag'lubiyatga uchradinglar. Mazkur bahs haqida fikrlaringiz qanday?

- Uchrashuv qiyin kechishini oldindan bilardik. Muxlislarimizni g'alaba bilan xursand etish uchun harakat qildik. Gol urish uchun bir qator vaziyatlar bo'ldi. Ammo ulardan unumli foydalana olmadik. “Mashal”ga omad ham kulib boqdi. Ular bitta golli vaziyatdan oqilona foydalanib qolishdi.

- Aytingchi “Mashal” nimani hisobiga g'alaba qozondi?
- Bu jamoa futbolchilari yakka kurashlarda ko'pincha ustunlik qildi. Qolaversa g'alaba qozonish xohishi ham ularda kuchlilik qildi. Buning uchun ular o'yin oxirlarida ko'p hujum uyushtirdi.

- “Mashal” sobiq klubingiz bo'lgani uchunmi, maydonda nimanidir isbotlashga harakat qilib o'ynagandek tuyuldi. Bu o'yinga shaxsan siz o'zgacha tayyorlanganmidingiz?
- Ha, albatta. Hozirgi jamoamning manfaatidan kelib chiqib bugun uning g'alaba qozonishini istagandim. Buning uchun “Mashal” darvozasiga gol urishni xohladim. Afsuski bu o'xshamadi.

- “Andijon” ortda qolgan uchta turdan keyin ochko olish tugul hattoki gol ham kirita olmadi. Omadsizlikni qanday izohlagan bo'lardingiz?

- Bu vaqtinchalik xolat deb o'ylayman. Nasib qilsa kelgusi o'yinlarda hammasi yaxshi bo'ladi.

- Endi jamoangiz keyingi turni safarda “Olmaliq”qa qarshi o'tkazadi. Bo'lajak bahs ham oson bo'lmaydi. Fikrimizga qo'shilasizmi?

- Ha, to'g'ri. Bu o'yinda bor kuchni ishga solib ochko olishga harakat qilamiz. CHunki o'zingiz ko'rib turibsiz jamoa so'nggi o'rinlarda yuribdi. Bu hech bir jamoaga yoqmaydi. SHuning uchun keyingi o'yinlarda ochko jamg'arishga urinamiz.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatdashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика