So’nggi yangiliklar

13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  3 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  0 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  9 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  1 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  12 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  5 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6

"SHahr Xodro" murabbiyi Muhammad Navazi: "Osiyoning kuchli klublaridan biri bilan tengma-teng o'ynadik" Yangiliklar

"SHahr Xodro" murabbiyi Muhammad Navazi: "Osiyoning kuchli klublaridan biri bilan tengma-teng o'ynadik"

OCHL 6-turidan o'rin olgan "SHahr Xodro" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin eronliklar murabbiyi Muhammad Navazi o'z fikrlarini bildirdi.

"Barchaga rahmat. Avvalo futbolchilarga rahmat aytamoqchiman. Ular bugun bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Ular juda ham charchashdi. Oldin ham aytgandim, Qatarga Erondagi muammolar tufayli eng kuchli tarkibni olib kela olmadik. Ammo bu bahona bo'la olmaydi. Bu biz uchun katta tajriba bo'ldi. Keyingi mavsumda yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz. "Paxtakor" juda kuchli jamoa va bugun ular buni isbotlashdi. Barcha jabhada yutqazdik deya olmayman, Osiyoning kuchli klublaridan biri bilan tengma-teng o'ynadik. Munosib o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman.

Bu musobaqa biz uchun yaxshi o'tdi. Qatarga mehmondo'stlik uchun rahmat. Menimcha Jahon chempionati ham ajoyib tarzda o'tadi. Kamchilik tomonlarini aytadigan bo'lsam oltita klub bilan bir mehmonxonada yashash va u erdan hech qaerga chiqmaslik ruhiy tomonlama og'ir, - deydi Navazi.

- "SHahr Xodro" OCHLda bironta gol ura olmadi. Bu borada nima deya olasiz?

- Bizning tarkib yangi va bu musobaqaga bir oy davomida birga tayyorlandik xolos. Qaytaraman, tashqi muammolar tufayli eng kuchli tarkibni olib kela olmadik. Bu musobaqa biz uchun tajriba maktabi bo'ldi va ko'plab imkoniyatlar yaratib ulardan foydalana olmadik. Bunday o'yinlar tajriba to'plash uchun juda muhim.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика