So’nggi yangiliklar

10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  1 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  10 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1

"SHahr Xodro" bosh murabbiyi: "Paxtakor"ni hurmat qilaman" Yangiliklar

"SHahr Xodro" bosh murabbiyi: "Paxtakor"ni hurmat qilaman"

OCHL 6-turidan o'rin olgan "SHahr Xodro" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida forslar ustozi Muhammad Navazi va futbolchi Hussayin Mehraban ishtirok etishdi.

"Har bir o'yin alohida tarix. "Paxtakor"ga qarshi bahs qiyin bo'ladi. Sababi "Paxtakor" qita musobaqalarida ishtirok etish bo'yicha katta tajribaga ega. Men raqibning 3ta o'yinini tomosha qildim. Raqibni juda yaxshi o'rgandik. Tig'iz taqvimda ko'p o'yin o'tkazish barcha uchun og'ir. Ammo Eronga g'alaba bilan qaytishni istaymiz va so'nggi bahsda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. Hozirgi qiyin vaziyatda maydonga tushib o'ynayotgan futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Barchaga sog'liq tilayman, - deydi Muhammad Navazi. 



Ertaga qiyin o'yin bo'ladi. Biz uchta o'yin o'tkazdik, ikki marta "SHabab Al Ahli" bilan, bir marta "Al Hilol" bilan. O'ylashimcha ertaga eng kuchli raqib bilan o'ynaymiz. Sababi "Al Hilol" virus tufayli ancha kuchsizlanib qoldi va etakchilarsiz o'ynadi. Ha, guruhdan chiqa olmasligimiz aniq, ammo bu erda tasodifan kelib qolmaganimizni isbotlashni istaymiz", - deydi Hussayin Mehraban.



- Ertaga Osiyoning top klublaridan biriga qarshi o'ynaysiz. Natija sizlar uchun hech qanday ahamiyatga ega emasligini tushunamiz, ertangi bahsdan futbolchilar qanday maqsad bilan maydonga tushishadi? 

- "Paxtakor" juda kuchli klub. Juda tartibli va yaxshi jamoa. Bu klubni hurmat qilaman. Teng kuchli ikkita tarkibga va mashhur murabbiyga ega. Bu jamoaning OCHLdagi so'nggi natijalari barchasini aytib turibdi.

Har bir o'yin biz uchun tajriba. Bu biz uchun OCHLdagi birinchi mavsum. 

- O'tgan turda etakchilarsiz va zaxirasiz qolgan "Al Hilol"ga qarshi bahsda durang o'ynadinglar. Bunchalik kuchsiz o'yinning sababi nimada?  

- O'tgan safar ham aytgandim. Biz qolganlar bilan taqqoslaganda boy klub emasmiz. Katta pullar evaziga kuchli legionerlarni olib kela olmaymiz. To'g'ri "SHabab" bilan ikkita o'yinda yutqazdik, ammo o'yin borasida yomon o'ynamagandik. "Al Hilol" chempion va hozirgi vaziyatga qaramay kuchli klub. Umid qilamanki ertaga o'z o'yinimizni namoyish etamiz.



Shahr Khodrou FC

AFC Champions League Grp. B . 6-tur

24/09/2020, 00:00

1
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 65'

45'
90'
31'  Ali Taheran
45'  Mohammad Reza Khalatbari
45'  Ali Nemati
69'  Akbar Sadeghi
69'  Mohammad Reza Khalatbari (Hossein Mehraban)
76'  Abolhassan Jafari
78'  Ruhollah Seifollahi (Amirhassan Jafari)
78'  Mohammad Ali Faramarzi (Alireza Asadabadi)
46'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
46'  Khoziakbar Alidzhanov (Akramjon Komilov)
46'  Odildzhon Khamrobekov (Vladimir Kozak)
65'  Jaloliddin Masharipov
67'  Yegor Krimets (Sadriddin Abdullaev)
73'  Akramjon Komilov
77'  Dragan Ceran (Asad Sobirzhonov)

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика