So’nggi yangiliklar

21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  1 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  0 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  2 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1

SHahboz Erkinov: Takliflarni ko'rib chiqishga tayyorman Yangiliklar

SHahboz Erkinov: Takliflarni ko'rib chiqishga tayyorman

XXIII milliy chempionatimiz yakuniga ko'ra Namanganning Navbahor jamoasi oliy ligada 7-pog'onani band etdi.
Tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoa bundan-da yuqoriroq o'rinlarni egallashga haqli ekanligi oydinlashadi. Lekin Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari turnir jadvalining ekvatorida turishni o'zlariga lozim topishdi. Yodingizda bo'lsa, UFF prezidenti Mirabror Usmonov Namanganga tashrif buyurib, Navbahor jamoasidagi vaziyat bilan yaqindan tanishgan va homiy biriktirgan edi. Natijada, vaziyat ijobiy tomonga o'zgargandek bo'ldi. Balki, kelasi mavsumda Namangan viloyatining bosh jamoasi hech bo'lmasa bronza medallari uchun kurash olib borar?! Albatta, bu haqda gapirishga hozircha erta, buni doimgidek vaqt ko'rsatadi. Biz joriy mavsum yakunlarini qisqacha tahlil qilish maqsadida Navbahor jamoasi hujumchisi, mavsum-2014 to'purarlari ro'yxatida 14 ta gol bilan ikkinchi o'rindan joy olgan SHahboz Erkinovdan intervyu oldik.

- SHahboz, Navbahor jamoasi mavsumni 7-pog'onada yakunladi. Natija bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkinmidi?

- Albatta. Bundan-da yuqoriroq o'rinlarda bo'lishimimiz mumkin edi. Hech bo'lmaganda 6-o'rinda. Afsuski, Dinamo klubiga qarshi o'tkazilgan so'nggi tur uchrashuvida qo'shimcha daqiqalarda gol o'tkazib yubordik va buning natijasida g'alabani ham, yakunda egallashimiz kerak bo'lgan 6-o'rinni ham qo'ldan boy berdik. Bu tarkib bilan nafaqat oltinchi, balki 5-o'rinni ham qo'lga kiritsak bo'lar edi. Yana bir bor afsus, deyman.

- Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov parallel ravishda milliy terma jamoada ham faoliyat olib bordi. Bu holat Navbahor natijalariga salbiy jihatdan tasir o'tkazmadimi?

- Bu jarayon jamoamiz natijasiga u qadar katta tasir o'tkazmadi, deb o'ylayman. Navbahor oliy ligani 7-o'rinda yakunladi. Lekin birinchi davra yakunida 6-o'rinda bo'lgandik. Bu jihatdan tafovut ko'zga tashlandi. Yani, ikkinchi davrada pasayish kuzatildi. Baribir, mamlakat bosh jamoasi oldidagi burch har birimiz uchun muqaddas bo'lishi kerak.

- CHempionat to'purarlari ro'yxatida 2-o'rinni egalladingiz. Sizningcha, sof hujumchi uchun 14 ta gol bitta mavsum chempionati uchun normal holatmi?


- Hujumchi uchun normal holat bo'lmasa kerak. Biz hujumchilarning asosiy vazifasi darvozani ishg'ol qilish hisoblanadi. Bundan esa o'zimiz to'p tepayotgan jamoaga foyda keltiramiz va eng muhimi, o'z vazifamizni bajargan bo'lamiz. Menimcha, 26 ta uchrashuvda 14 ta gol kiritish bu kamroq. Bundan ham ko'proq golga mualliflik qilsam bo'lardi. Lekin qaerdadir sovuqqonlik etishmagan bo'lsa, qaerdadir omad mendan yuz o'girdi. Qaerdadir himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi.

- Sermahsullik bo'yicha hujumchilarda pasayish yuzaga kelgani bor gap. Bu holat terma jamoamizga ham tasir qilyapti. Sizningcha, buning sababi nimada?

- Darvoza oldida jiddiyroq va  ko'proq ishlamayotganimizda bo'lsa kerak. Jarima maydonchasi ichida va darvoza oldida qancha ko'p ishlansa, foydasi shuncha ko'proq bo'ladi. Ruscha aytganda do avtomatizma. Darvozani va golni his qilish tuyg'usigacha ishlash lozim.

- SHaxsan o'zingiz mashg'ulotlarda aytganlaringiz ustida ishlayapsizmi?

- Mavsum so'nggida shu narsalarga ahamiyat berishga urindim. Buni dadam yordamlarida anglab etdim. Menga anchadan beri bu haqda aytardilar. Lekin ahamiyat bermasdim. Qaysidir o'yindan keyin dadam mashg'ulotdan so'ng o'zing alohida qolib, darvoza oldida ishlab ko'rgin, dedilar. Ko'p emas, ikki yoki uchta mashg'ulot o'tkazishga ulgurdim. Va navbatdagi turda raqib darvozasini ishg'ol qildim. Vaholanki, o'sha golgacha 4 ta turda darvozani zabt eta olmayotgandim. SHundan keyin yuqorida aytgan xulosalarga keldim.

- Faxriy futbolchilarimiz o'yinchilar, xususan hujumchilar asosiy mashg'ulotdan keyin qolib, alohida ishlashmaydi, degan gaplarni kuyunib aytishadi. Bu fikrga munosabatingiz qanday? Qo'shimcha mashg'ulot futbolchining o'sishiga qanchalik foyda beradi?


- Foydasi juda katta, deb o'ylayman. Lekin kuchli yuklamalarda emas. Mashg'ulotning qay darajada o'tganiga qarab qo'shimcha shug'ullanish kerak. Nega desangiz, murabbiy ham futbolchilarning holatini o'yingacha taqsimlab boradi. Har bir futbolchi uchrashuv kuni o'yinga  jismonan 100 foiz tayyor bo'lishi lozim.

- Navbahor rahbariyati jamoaning bu yilgi mavsum ishtirokidan qoniqdimi?


- Dinamo bilan o'yindan keyin jamoa boshlig'idan boshqa hech kimni ko'rmadik. Qoniqishmadi, deya olmayman. Menimcha, 7-o'rin u qadar ham yomon natija emas.

- Endigi rejalaringiz qanday? SHartnoma muddati tugadimi?

- SHartnoma muddati shu oyning oxirida yakunlanadi. Keyin o'zgarishlar ham bo'lishi mumkin. Hozircha aniq bir javob ayta olmayman.

- Javobingizdan Navbahorda qolmasligingiz aniqroqqa o'xshayapti. SHundaymi?

- Fikrimcha, Navbahorda hali kelasi yil rejasi aniq emas. Agarda jamoa rahbariyati taklif bilan chiqsa, uni ko'rib chiqishga tayyorman.

- Kuchliroq klubda o'ynash istagingiz yo'qmi? Balki takliflar bordir?


- Albatta bor. O'zimni yana nimalarga qodir ekanligimni bilishni xohlayman. Yuqorida aytganimdek, takliflar bo'yicha aniq bir javob qaytara olmayman. Takliflar - bu shartnoma imzoladim, degani emas. Jiddiy qiziqish bo'lsa va biror - bir o'zgarish kuzatilsa, bu haqda birinchi navbatda albatta sizlarni boxabar qilaman. CHempionat yakunlanganiga endigina 10 kun bo'ldi. O'ylaymanki, hali yangi mavsum haqida o'ylash uchun vaqt bo'ladi.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика