SHahboz Beg'amov: "Yaxshiboevga Belgiyaning 10 karra chempioni qiziqmoqda"
17 iyu 2020 16:09
Yangiliklar


SHahboz Beg'amov: "Yaxshiboevga Belgiyaning 10 karra chempioni qiziqmoqda"
"Jasur Yaxshiboevga Belgiyaning "Standard" jamoasi jiddiy qiziqmoqda. Klub "Paxtakor"ga transfer masalasi bo'yicha rasman so'rov yuborgan va Yaxshiboevning transfer qiymatini qancha baholanishini so'ragan", - deb yozadi SHahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida.
Malumot uchun, o'z mamlakatining 10 karra chempioni "Standard" klubi bu mavsum Belgiya chempionatida 5-o'rinni egalladi va keyingi mavsum Evropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Belgiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan avval yakunlangan edi.
Ayni paytda Yaxshiboev ijara asosida "Energetik-BGU" klubida o'ynamoqda. 13ta turdan keyin "Energetik" 22 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Hamyurtimiz hozirga qadar 7ta gol urib to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar