So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  3 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

SHahboz Beg'amov: "Oybek Bozorov Osiyo chempionati kashfiyotlaridan biriga aylanishi mumkin" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Oybek Bozorov Osiyo chempionati kashfiyotlaridan biriga aylanishi mumkin"

AGMK matbuot kotibi SHahboz Beg'amov Tailanddagi Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yigitlariga omad tiladi.

"Yangi yildan keyin yanvarda har safar Osiyo chempionati bo'lishiga ko'nikib qoldi odam. Ikki yil avval Xitoyda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilgandi. O'tgan yil BAAdagi Osiyo Kubogi va bu gal Olimpiada yo'llanmasi o'ynalgani uchun ham qadri baland Osiyo chempionati boshlandi. Tailanddagi musobaqada Olimpiya terma jamoamiz ertadan muhim yo'lga tushadi. Avval ham aytganimdek, negadir ishonch yuqori va xotirjamman. Ha, guruh kuchli, bu haqida ortiqcha gapirishga hojat yo'q. Lekin bizning jamoa o'sha kuchli guruhning asosiy “bo'ri”laridan biri. Raqiblarimiz ichida eng kuchlisi — Janubiy Koreya. Keyingisi — Xitoy. Fikrimcha, nisbatan kuchsizi — Eron.


Eronda murabbiy qo'nimsizligi natijasida ham o'yin yaxshi emas. Tayyorgarlik ham ideal emas. Xitoy yaxshi jamoa, lekin qo'rqinchli emas. Janubiy Koreya zo'r, ha. Quvonarlisi, biz ular bilan oxirgi turda, ehtimol, barcha masala hal etilgach o'ynarmiz. SHu taraflama bu yaxshi.


Zo'r avlod, kvalifikaciyasi yuqori futbolchilar jamlanmasi asosiy tarkib borasida murabbiyda yaxshi manodagi “bosh og'riq”ni taqdim etishi aniq. G'aniev, To'xtasinov, Abdixoliqov, Yaxshiboev kabi futbolchilar chinakam etakchi bo'lishi kerak. Oybek Bozorov esa musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylanishi mumkin. Eron bilan o'yinda ishonchli o'yin hamda yirik g'alaba kutyapman. Menimcha, qiynalmaymiz. Omad, yigitlar!" - deb yozdi SHahboz Beg'amov.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика