So’nggi yangiliklar

18:59ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР 1:0 (матнли трансляция)  33 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  42 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21

SHaffoflikmi yoki boshqa maqsad? "Paxtakor" futbolchilarining maoshi oshkor etilishi sababi nimada? Yangiliklar

SHaffoflikmi yoki boshqa maqsad? "Paxtakor" futbolchilarining maoshi oshkor etilishi sababi nimada?

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan "Paxtakor" futbol klubining asosiy tarkibi, murabbiylar shtabi hamda rahbariyatga aloqador shaxslarning klubdan olayotgan bir yillik maoshi elon qilindi.

Buni klub amalga oshirmadi, balki "Paxtakor" futbol klubi raisi, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev topshirig'i asosida ommaga oshkor etildi. Jahongir Ortiqxo'jaevning jamoa vakillari bilan uchrashuv chog'ida aytishicha, bundan buyon klubning mukofot pullari va oylik maoshlar shaffof tarzda ochiq elon qilib boriladi. 

Bu - yaxshi, chunki anchadan beri qachon bizdagi klublar ham pullarni ochiq aytar ekan, nega oylik maosh va mukofot pullari sir saqlanadi, transferlar summasi nima uchun aytilmaydi kabi savollar o'rtaga tashlanib kelinadi. Bunga "Paxtakor" futbol klubi oylik maosh va boshqa daromadlarni oshkor qilishi orqali chek qo'yishi mumkin. 

Albatta, oshkoralik bo'lgani yaxshi. CHunki oshkoralik va shaffoflik bor joyda odamlarning bir-biriga ishonchi ortadi. Hech kim hech kimdan hech nimani bekitmaydi. Lekin shu o'rinda savol tug'iladi: nimaga asosan "Paxtakor" klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev dabdurustdan maoshlarni elon qilishni xohlab qoldi? Buning zamirida nima yotibdi? Quyida shu haqda bazi fikr-mulohazalarni bildiramiz. 

Maqsad shunchaki muxlislarni xabardor etish

Xayolga kelgan birinchi fikr shu bo'ldi, yani klub vakillarining olayotgan maoshini xalqqa elon qilib borish. Yani, hisobot berish.  Futbol oshkoralikni maqul ko'radi, buni tushunamiz va shu sababdan ham Jahongir Abidovich "Paxtakor" futbolchilari va murabbiylari qancha pul olishini odamlar bilib qo'ysin degan manoda topshiriq bergan bo'lishi mumkin. 

Aytish mumkinki, summalarning elon qilingani ko'pchilikka maqul keldi. CHunki kim necha pul topishini bilishga qiziqish bizning qonimizda bor. Futbolchilar qancha topishiga esa yanada ko'proq qiziqamiz. Bu tomondan olib qarasak, Jahongir Ortiqxo'jaev juda chiroyli yurishni amalga oshirdi. Muxlislarda "Ana bo'lar ekan-ku, Evropada hammaning pulini yozishadi, mana bizda ham oshkoralik davri boshlandi" kabi tasavvur yuzaga keldi. 

Maqsad byudjetni kamaytirish bo'lishi mumkinmi? 

"Paxtakor" ayni paytda yurtimizdagi eng katta byudjetga ega klub hisoblanadi. Hozir biz faqat asosiy tarkib qancha topishidan xabardormiz. Klub tizimida shuningdek, boshqa jamoalar ham bor, masalan futzal, ayollar, bolalar murabbiylari va hokazo. Hammasini qo'shib hisoblaganda pul yanada katta ko'rinadi.

Yillik maoshlar elon qilingach, ko'pchilik kimning qancha topishidan xabardor bo'ldi. Va aksar odamlarda norozilik kayfiyati hukm suryapti. Bunga tabiiy hol sifatida qarasa bo'ladi. CHunki futbolchilar olayotgan maosh chindan ham katta. Bazilarimiz bu pulni umr bo'yi ishlab ham topa olmaymiz. Bu haqiqat. Muxlislarning noroziligi shundaki, futbolchilar ko'rsatayotgan o'yin olayotgan puliga mos emas. Ayniqsa Eren Derdiyok topayotgan maosh juda ko'p noroziliklarga sabab bo'lyapti. 

Maoshlarning birdaniga oshkor etilishi keyingi yil klub byudjeti qisqarishiga sabab bo'lishi mumkinmi? Mumkin. Aytaylik, Jahongir Ortiqxo'jaev klub raisi sifatida futbolchilarga sizlar oladigan pul xalqqa maqul kelmayapti, ko'rsatayotgan o'yiningiz shunga mos emasligini odamlar gapiryapti, men qanday qilib buncha pul bera olaman deydi va pullarni kamaytirishga o'tadi. Qarabsizki, shu tariqa byudjet kamayib boradi. 

Ustavda nima deyilgan? 

Har bir klubning o'z ustavi, yani nizomi bor. Va har bir klub shu ustavga monand faoliyat olib boradi. Aytaylik, klub ustavida futbolchilar, murabbiylar oladigan maosh va mukofot pullari ommaga elon qilinmaydi degan band bo'lishi mumkin. Nizomda bo'lmasa ham, bu narsa shartnomada yozilgan bo'ladi. 

SHundan kelib chiqib aytganda, Jahongir Ortiqxo'jaev topshirig'iga binoan maoshlar oshkor etilishi klub ustaviga yoki futbolchi va murabbiylar shartnomasi shartlariga to'g'ri keladimi? Masalaning bu tomoni ham bor. Aytaylik, siz futbolchisiz va qancha topishingiz ommaga chiqishini xohlamaysiz. Bu vaziyatda siz o'z huquqingizdan foydalanib, mening pullarimni elon qilmang, buni xohlamayman deb aytishga to'liq haqqingiz bor. Nima deb o'ylaysiz, bu holatda futbolchilar va murabbiylar huquqi poymol qilingan bo'lishi mumkinmi?

SHaffoflik qaerda ko'rinadi?

Evropada klublar yillik xarajatlar va daromadlarini elon qilib borishadi. Bu tushunarli. Lekin bir narsani hisobga olaylik, ular umumiy summani keltiradi. Masalan, biron bir klub umumiy hisobda 100 so'm xarajat qildik va 50 so'm daromad topdik deb aytishi mumkin. Lekin hech bir klub o'z futbolchisi yoki murabbiyi qancha pul olishini alohida ism-sharifi bilan keltirmaydi. Qolaversa buni futbolchilar ham xohlamaydi.

Bizga kuchli chempionat kerak

Hozir ko'pchilikda bular ko'p pul topar ekan, lekin o'yini shunga loyiq emas degan fikrlar bong uryapti. Lekin bir narsani unutmaylik, dunyodagi barcha professional ligalarda futbolchilar ko'p pul topadi. Arzon chempionat qaerda bor? Bor bo'lsa ham arzon chempionatni hech kim ko'rmaydi, hech kim qiziqmaydi ham. 

Bizga esa kuchli chempionat kerak. Kuchli chempionatni katta pul topadigan futbolchilar vujudga keltiradi. Bazan shuncha pul sarflab ham jahon chempionatiga chiqa olmayapmiz deymiz. Lekin o'sha pullarni dollarga o'girganda arzimas summa bo'ladi. Balki jahon chempionatiga chiqadigan jamoalar bizdan o'n barobar ko'p xarajat qilayotgandir. 

Sportda natijaga erishish baribir pul talab qiladi. Futbolda ham shunday. Futbolchilar maoshini oshkor qilish esa o'zbek futboliga nimadir foyda beradi deb o'ylamayman. Masalan, o'zim uchun kim qancha topayotganini qizig'i yo'q. Hammaga rizqni Xudo beradi, kimgadir ko'p, kimgadir kam. SHu bois men futbol ko'rganda, murabbiylarning zukkosiga, futbolchilarning esa mahoratiga etibor qarataman. To'g'risi, ularning qancha pul topishi bilan ishim yo'q.

Endi faraz qilamiz, bizda futbolchilar ko'p pul topyapti, darhol ularning oylik maoshini kamaytirish kerak deb pullarni keskin tushirib yuborsak, bilasizmi nima bo'ladi? Futbolchilar o'zimizda sal-pal o'ynab olgach, darhol chetga ketishga tushadi. Farqi yo'q, Bangladeshmi, Kambodjami, Malayziyami, Hindistonmi farqi yo'q - kamida 4-5 ming dollar bersa bo'lgani, undan ko'ra o'sha yoqqa borib pul ishlab kelaman deydi. 

O'zi shundoq ham ko'p futbolchilarimiz Vetnam, Tailand, Malayziyalarga borib o'ynab kelishdi va shu kunlarda ketishga tayyorlar ham bisyor. Biz esa eng yaxshi futbolchilarni faqat Evropaga jo'natib, boshqalarni o'zimizda olib qolishga harakat qilishimiz lozim. CHunki zo'r o'yinchilar ketib qolaversa, tarkibida nomi chiqmagan futbolchilar to'p tepayotgan jamoalar ishtirokidagi Superligani kim ko'radi?

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика