So’nggi yangiliklar

15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  1 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  2 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  13 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  3 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10

SHadrin qahramonga aylangan, O'zbekiston MTJ esa "samuraylar"ni ilk marta taslim etgan o'yin haqida Yangiliklar

SHadrin qahramonga aylangan, O'zbekiston MTJ esa "samuraylar"ni ilk marta taslim etgan o'yin haqida

Qadrli muxlislar kecha bir o'yin tarixi loyihasi orqali O'zbekiston milliy terma jamoasining Eron ustidan qozonilgan tarixiy g'alabasini yodga olgan edik.

Bir o'yin tarixi. Baqoev “Ozodi”da Eronni bo'ysundirgan uchrashuv 

Bugun esa yana JCH – 2014 saralash bosqichi doirasidan o'rin olgan Yaponiya bilan safarda o'tkazilgan uchrashuv tafsilotlari va o'yinga doir qiziqarli voqelari hususida fikrlashamiz. 

Saralash o'yinlarining birinchi bosqichida Osiyo qitasining 20ta terma jamoasi beshta guruhga taqsimlandi. Bunda o'z guruhlarida 1 va 2 – o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar keyingi hal qiluvchi bosqichga yo'llanma olardi. O'tkazilgan oltita o'yinlarning ichida eng murakkabi Yaponiyaga terma jamoasiga qarshi kechgandi. Quvonarlisi mazkur bosqichda terma jamoamiz “kun chiqar” yurt vakilaridan naqd olti ochkoga o'zib ketadi. Guruhdagi so'ngi bahs aynan Yaponiya bilan Tokiodagi hashamatli “Toyota” stadionida bo'lib o'tadi. 

Ikki terma jamoa ham guruhdan chiqish masalasini hal qilib bo'lgani sababli o'yinning darajasi yuqori emasdi. Tojikiston terma jamoasi Toshkentda yirik 3:0 hisobida taslim etilgach jamoamiz 13 ochko to'plab guruhda yakka peshqadamga aylandi. Raqiblarda esa 10 ochko mavjud edi. Ularga birinchi o'ringa ko'tarilib olish uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. 

Malumki, azaldan guruhimizda Yaponiya tushmasaydi deb hayiqib turardik. Abramov esa har qanday jamoani mag'lubiyatga uchrata olish mumkinligini isbotlay olgandi. Ammo, o'yindan oldin tarkibimizda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Aleksandr Geynrix, Vagiz Galiulin singari etakchi futbolchilar Tojikiston bilan uchrashuvda suniy tarzda atayin sariq kartochka olganliklari sababli FIFA tomonidan jiddiy jazolanadi va ikkita uchrashuvga diskvalifikatciyaga qilinadi. SHuningdek, Odil Ahmedov ham jamoaga yordam bera olmasdi. Ularning o'rniga o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga ishonch bildirildi. 

Bellashuv bosh hakami Abdulloh Balidehning hushtagi yangrashi bilanoq mezbonlar birin ketin havfli hujumla yomg'irini yog'dirishni boshlashdi. Ochig'i, ularning maxoratdan biznikilardan bir bosh ustunligini sezib olish qiyin emasdi. Birinchi bo'limda himoyamizni bamisoli o'qqa tutilgan armiyaga o'xshatsa bo'lardi. Yaponlarning tezlik bilan chiqargan qarorlari, jarima maydonchamiz ichiga yorib kirishlari futbolchilarimizni sarosimada ushlab turdi. SHinji Kagava, Yuto Nagotomo, Makoto Xasebelarning yurishlari ancha keskin ko'rinish oldi. Buning natijasida Vadim Abramov birinchi bo'limdayoq o'zgarishga qo'l urdi. Ildar Magdeevning o'rniga OTJ futbolchisi Oybek Qilichevni maydonga tushirdi. 

35-daqiqada Alberto Zakkeroni shogirdlari hisobni ochishga yaqin kelishdi. Ammo, mahalliylashtirilgan degioner futbolchi Mayk Xavinaarning goli inobatga olinmaydi. Ikkinchi bo'limning 54–daqiqasida vakillarimiz maydon markazida tezkor qarshi hujumga o'tishadi. Qanotdan mohirona tarzda oshirib berilgan to'pni Bahodir Nasimov boshi bilan darvozaga kiritishga harakat qiladi. Uning zarbasini Edzi Kavashima qaytaradi. Qaytgan to'pga birinchilardan bo'lib etib kelgan Aleksandr SHadrin darvozani ishg'ol qiladi. Hisob ochilgandan so'ng Yaponiya bosimni oshiradi, golli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Biroq, omad chinakamiga shu kuni bizga kulib boqadi. 

Ikkinchi tarkib bilan “samuraylar”ni safarda yutib kelgan terma jamoamiz tarix zarvaraqlaridan joy oladi. Sababi bundan oldin qanday musobaqa bo'lmasin bu yurt terma jamoasiga yirik hisobda mag'lub bo'lib kelganmiz. Terma jamoamiz tarixdagi eng yirik mag'lubiyatni ham Yaponiyadan (1:8) qabul qilib olganmiz. JCH–2010 saralashida safarda durang qayd etgan bo'lsak, uyda kichik 0:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz. O'shanda Yasuhito Endo gol urib g'alabani ilib ketgandi. Bu safar esa revansh olindi deya olamiz. Birinchi o'yinda “Paxtakor” markaziy stadionida Server Jeparovning goli bir ochko keltirgandi. O'ylaymizki, kelajakda tarixni yangilash uchun bizda yana imkoniyat yuzaga keladi. 

JCH-2014. 3-saralash bosqichi. 6-tur.

Yaponiya – O'zbekiston 0:1 (0:1, 0:1)

29. 12. 2012. Tokio (Yaponiya). “Toyota” stadioni. 42720 tomoshabin.

Bosh hakam: Abdulloh Balideh (Qatar)

Gol: Aleksandr SHadrin, 54

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Artyom Filiposyan, Islom Inomov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Ildar Magdeev( Oybek Qilichev, 38), Jasur Hasanov (kichik), Stanislav Andreev (Dilshod Rahmatullaev, 58), Bahodir Nasimov, Aleksandr SHadrin (SHavkat Salomov, 65)


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 



Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика