So’nggi yangiliklar

00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  1 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4

"Sevinch"dan 10:2, "Metallurg"dan 18:0 Yangiliklar

"Sevinch"dan 10:2, "Metallurg"dan 18:0

Poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi 14-bor o'tkazilayotgan mamlakat chempionatiga start berildi.

Bugun maydonga tushgan jamolar orasida bosh sovringa davogar hisoblangan Qarshining "Sevinch" hamda Bekobodning "Metallurg" jamoalari raqiblarini yirik hisoblarda engishdi.

Har ikkala jamoa ham yangi mavsumga turlicha ko'rinishda kirib kelmoqda. Yildan yilga tajribali futbolchilaridan ayrilib qolayotgan “Sevinch” bu yil ham etakchi futbolchilarini “yo'qotdi” – Kamola Risqieva “Metallurg”ga, SHaxzoda Jamolova va Elvina Ablyakimova “SHo'rtan” jamoasiga yo'l oldi. O'z tarkibini esa bor-yo'g'i bir nafar futbolchi – “Bunyodkor”ning endilikda sobiqqa aylangan Darina Fedosenko bilan boyitdi. SHunday bo'lsa-da, klub qoshidagi ayollar futboli maktabi tarbiyalanuvchilari evaziga tarkibini shakllantirib kelayotgan jamoa faqat bir maqsad – chempionlik uchun kurashmoqda. Bundan besh-olti yil avval futbol maktabining bolalar guruhida to'p tepib yurgan qizlar bugun Vladislav Xanning ishongan shogirdlari bo'lib etishishdi.



“Metallurg” o'tgan yili ham chempionlikni, ham kubokni qo'lga kiritib, bu yil ham muvaffaqiyatlarni davom ettirish payida tarkibini kuchaytirmoqda. “Sevinch”dan tajribali Kamola Risqievani qo'shib oldi, Navoiyning “Guli” jamoasidan Elena Logutkina, Svetlana Valieva, “Bunyodkor”dan Selime Gugueva bilan shartnomalar imzoladi. Lekin bu jamoani ham tark etganlar bor. Tajribali Maxfuza Turopova o'ziga boshqa jamoa izlayapti, jamoaning eng mahoratli o'yinchisi Lyudmila Karachik va Ziyoda Irisboeva “Bunyodkor”ga o'tib ketdi. Nasiba Xojieva esa futbolchilik faoliyatini tugatdi.

Bu ikki jamoadan yirik hisoblarda engilgan “Paxtakor” va AGMK jamoalari esa endi-endi shakllanib bormoqda. Etiborlisi, ikkla jamoada ham chetdan kelgan taniqli futbolchilar yo'q, bari mahalliy, tajriba orttirayotgan qizlar.


15 fevral

“Sevinch” – “Paxtakor” – 10:2


 “Metallurg” – AGMK – 18:0

Gollar: Mahliyo Sarikova (2, 26, 27), Feruza Turdiboeva (3), Yulduz Nabieva (6, 35), Iroda Turdalieva (7), Xolida Dadaboeva (8, 9), Elena Logutkina (13), Kamola Risqieva (17, 28), Nozima Kamoltoeva (23, 25, 36, 37), Mavluda Munavvarova (29), Dildora Nozimova (39).
“Metallurg”: Dilafro'z Xo'jaeva, Zumrat Nazarova, Kamola Risqieva, Mahliyo Sarikova, Feruza Turdiboeva.
Zahira: Gulandom Boymatova, Dildora Nozimova, Mavluda Munavvarova, Iroda Turdalieva, Diyora Habibullaeva, Yulduz Nabieva, Xolida Dadaboeva, Nozima Kamoltoeva, Elena Logutkina.
AGMKNilufar Qurbonalieva, Gulchiroy Ibrohimova, Ziyoda Abdurahmonova, Zarina Sodiqova, Nozima SHeralieva.
Zahira: Mahliyo Zaidboeva, Fotima Tursunalieva, Zuhra Tursunalieva, Gavhar Ashuralieva, Madina Abdurasulova, Sevinch Qo'chqorova, Rayhona Abdurahmonova, Laylo Rustillaeva, Komila Zokirova.


“Lokomotiv” jamoasi dam oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика