So’nggi yangiliklar

08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  7 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  0 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  5 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  10 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  5 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  30 00:50Футзал. Ўзбекистон Кубогида барча ярим финалчилар аниқ бўлди  0 00:28Григорий Колосовский: "Биринчи бўлимнинг ўзида 2-3та гол урсак бўларди"  0 23:43Неъматулла Қуттибоев: "Бугун ким биринчи бўлиб гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  3 23:21Эрон Про лигаси. Захирадан тушган Ўрунов 90+1 дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди, Машарипов захирадан тушди, Юсупов тўлиқ ўйнади, Яхшибоев эса...  3 23:16Европа Конференциялар лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Фиорентина" — "Бетис" ва "Челси" — "Юргорден" ўйинлари учун таркиблар маълум  1 23:13Европа лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Буду-Глимт" — "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" — "Атлетик" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  3

"Sevinch": O'zbekiston Superkubogi uchun dastlabki qadam tashlandi Yangiliklar

"Sevinch": O'zbekiston Superkubogi uchun dastlabki qadam tashlandi

Bekobod shahridagi “Metallurg” stadionida O'zbekiston ayollar futbolining tarixida ilk bor o'tkazilayotgan Superkubokning dastlabki uchrashuvida “Sevinch” jamoasi “Metallurg W” jamoasi ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Bugungi uchrashuv avvaldan juda murosasiz kechishi aniq edi. O'tgan mavsumdan boshlab, chempionatda ishtirokini boshlagan SHerali Boboqulov shogirdlari, chempionatda mazmunli o'yin ko'rsatib, O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritishga muyassar bo'lishgandi. Bugungi uchrashuvda ham ular o'z kuchlariga ishonishlari va o'tgan mavsumda O'zbekiston Kubogi finalida bekorga g'alaba qozonmaganliklarini isbotlamoqchi bo'lishdi.

Dastlabki daqiqalardan oldinga tashlanishgan maydon egalarida hujumlarni gol bilan yakunlashga qodir o'yinchi bo'lmadi. Uchrashuv shunday keskin davom etayotgan birinchi bo'lim o'rtalarida, aniqrog'i 23-daqiqada maydon egalarining xatosidan unumli foydalangan o'yinchimiz Saida Xandamova raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

Ushbu goldan so'ng maydon egalarining o'yini biroz kuchaygandek bo'ldi, maydonda keskinlik yanada oshdi. To'p uchun kurashda futbolchi qizimiz Feruza Turdiboeva raqib o'yinchisiga qo'pollik ishlatdi deb, hisoblagan uchrashuv hakami ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi. U uchrashuvning 13-daqiqasida ham hakam tomonidan ogohlantirish olgan edi, shundan so'ng uchrashuv bosh hakami – Anna Sidorova unga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi. “Sevinch” qizlari maydonda 10 kishi bo'lib qolishdi.

Bu vaziyatdan “Metallurg W” jamoasi qizlari foydalanish uchun yana qizg'in kurashga kirishdi. “Sevinch” jamoasi himoyalanib, qarshi hujumlarga o'tdi. Ana shunday vaziyatlarda jamoamiz sardori Zebo Jo'raevada ikki marta ketma-ket gol urishga juda qo'lay vaziyatlar bo'ldi, afsuski bunda tajribali hujumchimizda aniqlik etishmadi.

Birinchi bo'lim ana shu hisobda yakunlandi. Ikkinchi bo'lim boshidan maydon egalari o'z safida o'zgarish qildi, yaqinda “Metallurg W” jamoasiga kelib qo'shilgan tajribali hujumchi Lyudmila Karachik maydonga tushirildi. Bu albatta bir o'yinchi kam bo'lib, maydonda harakat qilayotgan qizlarimizda qiyinchilik to'g'dirishi aniq edi. SHunday ham bo'ldi, Lyudmila Karachik maydonga tushgach raqiblarimiz o'yini yanada keskinlashdi. Jamoamiz qizlari ko'proq himoyalanishga majbur bo'lishdi. SHunday vaziyatlarning birida, o'yinchimizga nisbatan maydon egalari qo'pollik ishlatishdi va uchrashuv hakami jarima maydonidan sal o'zoqroqda jarima to'pini tepishni ko'rsatdi. Kamola Risqieva tomonidan chamasi 30 metrlardan tepilgan jarima to'pi to'g'ri darvoza to'riga kelib tushdi. Zarbani qaytarishga Alina Demyanenko ojizlik qildi – 0:2.

Jamoamiz qizlari ushbu gol bilan ham chegaralanib qolishmadi, go'yoki ularda Superkubok taqdirini birinchi o'yindayoq hal qilib qo'yish rejasi bordek, raqib darvozasini yana bir marta ishg'ol qilishdi.

Jamoamizning navbatdagi qarshi hujumlarining birida raqib jarima maydoni ichida pala-partishlik yuzaga keldi, hujumchilarimiz darvozaga yo'llagan to'pni darvozabon qaytardi, Mariya esa, qaytgan to'pni darvozabon ustidan oshirib tepdi va to'p darvoza to'riga kelib tushdi – 0:3.

SHuni alohida takidlash joizki, jamoamiz bugungi o'yinda katta iroda ko'rsatishdi. Ular haqiqiy xarakter namoyish qilishdi hamda o'zlarining raqibga nisbatan ancha kuchli ekanliklarini isbotlashdi. Maydonda bir kishi kam bo'lib, maydon egalariga qarshi kurashish har qanday jamoaga ham engil bo'lmaydi. Ammo qizlarimiz buni uddalashdi. Ayniqsa ikkinchi bo'lim oxirlarida darvozabonimiz Olga Kaxarova ham o'z mahoratini namoyish qilib, darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishda ko'p ter tukishiga to'g'ri keldi.

SHunday qilib, O'zbekiston Superkubogining dastlabki uchrashuvida jamoamiz ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.

Endi ular 23 aprel kuni o'z maydonlarida bo'ladigan javob uchrashuviga tayyorgarlik ko'rishadi.


O'zbekiston Superkubogi. Dastlabki uchrashuv

“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi) 0:3

Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni. 16 aprel 2015 yil. 17:00


Gollar: Saida Xandamova, 23-0:1, Kamola Risqieva, 61-0:2, Mariya Moiseeva, 70-0:3,

Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent)

Qanot hakamlari: Zilola Rahmatova (Qarshi), Kristina Sereda (Toshkent),

Zahira hakami: Jaloliddin Xusniddinov (Toshkent)

Nazoratchi: Timur Abdullaev (Toshkent)

O'zAFA vakili: Elmira G'ulomova

“Metallurg W” (Bekobod): 30.Alina Demyanenko, 21. Xalima Dadaboeva, 9. SHodia Tosheva (10.Mohigul Ikromova, 56) 18.Yulduz Nabieva, 4.Nasiba Hojieva, 77. Nozima Kamoltoeva, 22. Maluda Munavvarova, 7. SHaxnoza Turopova (99.Lutfiniso Xoliqova, 71) 8.Nargiza Abdirasulova (s), 97.Nodira Muydinova, 23.Umida Xudoyboqova (17.Lyudmila Karachik, 46).

Zaxira: 1.Gulandon Boymatova,  3.Yulduz SHodieva,  27.O'g'iloy Oblaqulova, 15.Mahliyo Abdurashidova.

“Sevinch” (Qarshi): 1.Olga Kaxarova,  25.Zumrat Nazarova, 2.SHoxida Tojiddinova, 5.Mahliyo Yusupova, 10.Zebo Jo'raeva (s), 18. Kamola Risqieva, 17.Tanzila Zarbieva, 19.Mariya Moseeva (6.Fayoza Samandarova, 90+1), 9.Mahliyo Sarikova (15.Maftuna SHoimova, 33) 7.Feruza Turdiboeva, 4.Saida Xandamova.

Zaxira: 16.Matluba Abdirasulova, 12.Laylo Tilavova, 11.SHaxzoda Jamolova, 23.Nilufar Qudratova.

Ogohlantirish: Feruza Turdiboeva, 13,

CHetlatish: 7. Feruza Turdiboeva, (2s) 26,
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика