So’nggi yangiliklar

14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  1 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  7 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  9 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  9 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8

“Sevinch” O'zbekiston Superkubogi sohibi! Yangiliklar

“Sevinch” O'zbekiston Superkubogi sohibi!

23 aprel kuni Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida O'zbekiston Superkubogining javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv boshlanishidan avval o'zbek ayollar futboli rivojiga munosib hissa qo'shgan, “Andijanka” jamoasi bosh murabbiyi, jonkuyar ustoz M.D.Kim xotirasi uchun hurmat bajo keltirildi. SHuningdek maydonga futbolchilar kiyimlariga qora bog'ichlar taqishgan holda tushdilar.

Dastlabki uchrashuvda  3:0 hisobidagi “Sevinch” jamoasining g'alabasi deyarli Superkubok taqdirini hal qilib bo'lgan edi.

Ammo, o'zbek futbolida o'z joyini topib borayotgan “Metallurg W” jamoasidan har narsa kutish mumkin edi. Zero, o'yinoldi matbuot anjumanida “Metallurg W”  jamoasi bosh murabbiyi SHerali Boboqulov “biz ertaga boshqacha o'yin ko'rsatamiz, biz bu erga Superkubokni qo'lga kiritish uchun keldik”, – deya fikr bildirganini hisobga olsak, ularning dastlabki uchrashuv hisobi ham  kayfiyatini tushirmaganligi ayon edi.

Stadionda yig'ilgan muxlislar ham uchrashuv ilk daqiqalaridan mehmonlarni jiddiy maqsadda maydonga tushganlariga guvoh bo'lishdi.  “Metallurg W”  jamoasi uchrashuvni  hujumlar bilan boshladi. Ular tezkor gol urish payida bo'lishdi. Lekin tajriba bari-bir maydon egalarida ko'pligi ko'rinib turar edi.

Jamomaiz uchrashuvda himoyaga katta etiborini qaratishga majbur bo'ldi. Uchrashuvdagi hisobni ochish jamoamiz sardori Zebo Jo'raevaga nasib etdi. Qarshi hujumlarining birida, aniqrog'i o'ng qanotdan uyushtirilgan hujumda Zumrat Nazarova to'pni raqib jarima maydonida turgan Z.Jo'raevaga oshirib berdi, o'tgan mavsum to'purari bir zarba bilan to'pni Gulandon Boymatova qo'riqlayotgan darvoza to'riga joylab qo'ydi – 1:0.

Mezbonlar ushbu golga javob qaytarishni o'zoqqa cho'zishmadi, ular oradan ikki daqiqa o'tib, hisobni tenglashtirishga erishishdi. Gol muallifi Mohigul Ikromova bo'ldi -1:1. Ana shu hisob uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi.

O'yindagi hisob tenglashgach “Metallurg W” jamoasi futbolchilari hujumga zo'r berishdi. Jamoamiz murabbiylari bu paytda tavakkal qilmasdan yosh hujumchi Nilufar Qudratova o'rniga yarim himoyada yaxshi o'yin ko'rsata oladigan SHaxzoda Jamolovani maydonga tushirishdi.

To'g'ri, jamoamiz tashkil etgan hujumlarda hisobni yiriklashtirishga ham imkonlar to'g'ildi, ammo bu vaziyatlarda hujumchilarimizga aniqlik etishmadi.

Uchrashuv bosh hakami Anna Sidorova ham tez-tez cho'ntagidan sariq kartochkalarni chiqarishga majbur bo'ldi. Mana shu ham o'yinni juda keskin va murosasiz kechganidan dalolat berib turardi.

SHu kuni stadionga o'z hamshaharlariga dalda bo'lish  uchun ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi. Ular tinmasdan uchrashuv davomida “Sevinch” jamoasi qizlarini qo'llab turishdi.



Uchrashuvda har ikkala jamoa hisobda oldinga o'tishga urinsalar ham bu hech qaysilariga nasib etmadi. Uchrashuvdagi 1:1 hisobi saqlanib qoldi. Dastlabki uchrashuvda jamoamiz 3:0 hisobida raqiblarini mag'lub etishgani uchun Superkubok bahslarida ular g'olib deb, topilishdi.

Uchrashuv tugallangach, taqdirlash marosimi o'tkazildi. O'zbekiston AFAdan tashrif buyurishgan tashkilotchilar tomonidan avvalo “Metallurg W” jamoasiga ikkinchi darajali diplom va “Sevinch” klubi bosh homiysi – “SHo'rtangazkimyo”  majmuasi tomonidan esa, ularga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

So'ng eng hayajonli damlar boshlandi. O'zAFA vakili Elmira G'ulomova O'zbekiston Superkubogini va birinchi darajali diplomni  “Sevinch” jamoasi sardori – Zebo Jo'raevaga topshirdi. SHuningdek ularga ham bosh homiy tomonidan sovg'alar topshirildi. Jamoamiz qizlari bu yutuqni maydonnni o'zida nishonlashga kirishib ketishdi. Ularning quvonchlari cheksiz edi.

SHunday qilib, o'n karra O'zbekiston CHempioni bo'lgan jamoamiz o'z tarixlarida ilk marta O'zbekiston Kubogi sohibiga aylanishdi!

O'zbekiston Superkubogi javob uchrashuvi

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 1:1
Gollar:
Zebo Jo'raeva 20 – 1:0, Moxigul Ikromova 22  – 1:1
Qarshi sh.”Geolog” stadioni. 23.04.2015 y. 17:00
Bosh hakam: Anna Sidorova  (FIFA referisi, Toshkent sh.)
Qanot hakamlari: Kristina Sereda (Toshkent sh.), Zilola Rahmatova (Qarshi sh.)
Zaxira hakami: Dilfuza Ro'zieva (Qarshi sh.)
Nazoratchi:  Timur Abdullaev (Toshkent sh.)

“Sevinch” (Qarshi): 1.Olga Kaxarova, 5. Mahliyo Yusupova, 15. Maftuna SHoyimova, Kamola Risqieva, 2. SHohida Tojiddinova, 4. Saida Xandamova, 25. Zumrat Nazarova, Mahliyo Sarikova, 19. Mariya Moiseeva, 23. Nilufar Qudratova (11.SHaxzoda Jamolova 46), 10. Zebo Jo'raeva (s).

Zaxira: 16. Matluba Abdirasulova, 12. Laylo Tilavova, 17.Tanzila Zarbieva, 6. Fayoza Samandarova.

“Metallurg W” (Bekobod): 30.Gulandon Boymatova, 9.SHodiya Tosheva, 21.Holida Dadaboeva, 18.Yulduz Nabieva, 4.Nasiba Hojieva, 77.Nozima Kamoltoeva, 7.Maxfuza Turapova, 22.Mavluda Munavvarova, 8.Nargiza Abdirasulova (s) (99.Lutfiniso Xoliqova 83) , 10.Mohigul Ikromova, 17.Lyudmila Karachik.

Zaxira: 30.Alina Demyanenko, 27.O'g'iloy Oblaqulova, 23.Umida Xudoyboqova, 11.Zarina Boboeva, 99.Lutfiniso Xoliqova.

Ogohlantirish: Mohigul Ikromova 57, Nozima Kamoltoeva 59, Mahliyo Sarikova 63, SHoxida Tojiddinova 65, Kamola Risqieva 81.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика