So’nggi yangiliklar

16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  0 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  3 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0

“Sevinch”: Oliya Axmedovaga baxt tilaymiz! Yangiliklar

“Sevinch”: Oliya Axmedovaga baxt tilaymiz!

Teglar :  SevinchNikoh to'y
Roman va Oliyalarning bugun baxt kechasi – nikoh to'yi bo'lib o'tdi.


“Sevinch” jamoasining markaziy himoyachisi, etti karra O'zbekiston chempioni, etti karra O'zbekiston Kubogi sohibasi, Osiyo chempioni va jamoamiz safida ko'pgina xalqaro turnirlar sovrinlari sohibasi va yana yaqinda jamoamiz safiga qaytgan Oliya Axmedovani bugun butun klubimiz rahbariyati,  murabbiylar shtabi, futbolchi qizlarimiz va klubimiz xodimlari ishtirokida baxt kechasini nishonladik.

Tantanali kechaning aziz mehmonlari qatorida  O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, mamlakatimizdagi sport jurnalistlarining ustozi, o'tmishda mashhur fubol sharhlovchisi, otaxon jurnalist Ahbor Imomxo'jaev ham ishtirok etdilar, shuningdek kechada O'zbekiston Ayollar Futbol Assosaciyasidan Alisher Fayziev va bir qator taniqli sport jurnalistlari hamda “Nasaf” PFK bosh menedjeri SHamil Yarulin, “Mashal” futbol akademiyasining direktori Abdurahmon Yumangulov boshqa mehmonlar hozir bo'lishdi.

Baxt kechasida ishtirok etgan aziz mehmonlar yosh kelin-ko'yovlarni  baxt kechasi bilan tabriklab eng ezgu tilaklarini bildirishdi.

Roman va Oliyalarni yana bir marta “Sevinch” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, barcha futbbolchi qizlarimiz hamda xodimlarimiz nomidan bugungi  nikoh va baxt kechasi bilan samimiy tabriklaymiz, ularga mustahkam sog'lik, uzoq umr tilaymiz. Kelin va ko'yovni tinch-totuv umr kechirishlarini, Axbor Imomxo'jaev aytganlaridek: “o'g'il farzand ko'rishsa “Nasaf” azosi, qiz farzand ko'rishsa “Sevinch” jamoasining o'yinchisi bo'lishini” tilakdoshimiz,  ko'p farzandlar ko'rishib – baxtli ota-onalar bo'lishliklarini tilab qolamiz. Hamisha Sizlarga baxt va omad yor bo'lsin deb , qolamiz!

Quyida nikoh kechasidagi  quvonchli damlarni  etiboringizga havola qilamiz:





Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика