So’nggi yangiliklar

11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  0 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  5 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  4 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  10 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  8 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  26 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  1 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  1 08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   2 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  26 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  15

Sevimli ustozidan taktika sirlarini o'rganish uchun jonini xavf ostiga qo'ygan Gvardiola Yangiliklar

Sevimli ustozidan taktika sirlarini o'rganish uchun jonini xavf ostiga qo'ygan Gvardiola

Futbol taktikasi sirlarini o'rganish uchun giyohvandlik moddalarini sotish bilan shug'ullanadigan shahar markazida yashagan buyuk murabbiy haqida.

2000 yillar boshlarida Meksikaning Kulyakan shaharchasi, Kaliforniya ko'rfaziga yaqin joy, giyohvandfurush Xoakin Gusmanning jinoiy harakatlari markaziga aylandi. Gusmanning ko'p narsaga qodirligi u erdagi aholi hayotini ostin-ustun qilib yubordi — ular hamma narsadan qo'rqib, quyosh botganidan so'ng ko'chaga chiqmas edilar.

Meksika ommaviy axborot vositalarida har kuni Kulyakanda sodir bo'lgan jinoyatlar haqida yangiliklar chop etilar edi: talonchilik, zo'ravonlik, qotillik. 2006 yil esa barchasi avjiga chiqdi − hokimiyat mamlakat ichidagi tartibsizliklardan charchab, Kulyakanga federal kuchlar yubordi. O'n yillik otishma va hibsga olishlar ham bu tartibsizliklarga barham berolmadi. Hattoki, bugungi kunda Kulyakanni aslida kim boshqarayotgani nomalum — hokimiyat, harbiylar yoki giyohvandfurushlar?!

Aynan shunday sharoitda murabbiy-Gvardiola paydo bo'ldi.

Barchasini Xuan Manuel Lilo hal qilgan

Uni kimligini bilish shart: Gvardiola Meksikaga borishiga Lilo sababchi bo'lgan.

Xuan Lilo hech qachon professional futbolchi bo'lmagan. Biroq 1985 yilda u Ispaniya tarixidagi eng yosh murabbiy bo'lgan. Lilo to'rtinchi divizionda o'ynaydigan klub "Tolozo"ni o'z nazoratiga olganida, endigina 20 yoshga to'lgandi. Oradan olti yil o'tib, lavozimi oshdi va uchinchi divizion — Leonning "Kultural Leones" klubiga o'tdi. Lilo "Kultural"da ilk bor 4-2-3-1 sxemasidan foydalandi va taktikalar tarixiga o'z ismini yozib qo'ydi.

Xuan Liloni "4-2-3-1" modelining asoschisi deb hisoblashadi. Ispaniya jurnalistlari agar futbol shtamplari haqida noo'rin savol berilsa, uni intervyuni to'xtatib qo'yadigan murabbiy sifatida eslab qolishgan. Liloning uydagi kutubxonasida o'ng mingga yaqin kitob saqlanadi. 80-yillarda u "Barselona" hamda Ispaniyani Evropa qirollariga aylantirgan uslubni yaratdi.

Gvardiola hamda Lilo 1996 yilda tanishgan. O'shanda Gvardiola "Barsa" safida to'p tepar, Xuan esa birinchi ligaga chiqib, "Ovedo"ning xo'jayini bo'lib ulgurgan edi. Jamoa barcha taktik usullardan foydalandi va juda mohirona o'yin namoyish etdi. O'yinga bo'lgan bunday munosabat Gvardiolani hayratlantirdi va u "o'zgacha murabbiy" bilan yaqindan tanishishni istadi.

"U bilan uzoq suhbatlashdik, unga bizning uslubimiz juda yoqqanini aytdi, — yodga oladi Lilo. − Keyin esa doim xabarlashib turadigan bo'ldik". O'shanda Gvardiola Liloning fikrlaridan birini miyasiga singdirib olgan: bazi paytlarda g'alabadan ko'ra, mag'lubiyat murabbiyga ko'proq foyda keltiradi.

O'rtadagi aloqani saqlab qolishga urunishlariga qaramay, Lilo va Gvardiola oradan 9 yil o'tib uchrashishga muvaffaq bo'ldilar — 2005 yilda. O'sha paytda Pepning Qatar klubi "Al-Axli" bilan shartnomasi muddati o'z nihoyasiga etgan, Lilo esa Kulyakanning "Dorados de Sinaola" klubidan taklif olgandi. U rozi bo'lgan va oradan 3 oy o'tib Gvardiolaga qo'ng'iroq qilib — faoliyatini davom ettirish (Qatardagi o'yinidan so'ng Pep futbolchilik faoliyatig nuqta qo'ymoqchi ekanini malum qilgandi) hamda Meksikada birga ishlashga ko'ndirgan.

Gvardiola doimo Liloni eng yaqin insonlaridan biri deb hisoblagan va undan nimadir o'rganishiga ko'zi etgan. Pep ko'p o'ylab o'tirmay, samoletga chiqdi va Meksikaga uchib bordi. 2005 yil dekabrda esa "Dorados" safida to'p tepishni boshladi.

Pep klub qarzlardan qutilishida yordam berdi, mahalliy aholi bilan ko'p suhbatlashdi hamda juda ko'p kitob o'qidi

35 yoshli Gvardiola "Lyucerna" mehmonxonasiga joylashdi. U Kulyakanga joylashib olganidan so'ng, oilasi ham Meksikaga ko'chib keldi. SHahar giyohvandlik markazi ekani ularni qo'rqita olmadi — Pep darhol tan soqchi yolladi. Meksikadagi ozodlik va uni ko'pchilik tanimasligi u uchun quvonarli edi. Tunda Kulyakan ko'chalarida o'g'rilar izg'ib yurishi haqidagi gap-so'zlar ham Gvardiolani cho'chitmasdi: tungi bar va restoranlar yopilgunga qadar u o'sha erda vaqtini o'tkazardi.


"Miro" kafesida Gvardiola ichimlik ichar va soatlab kitob o'qib o'tirardi. "La Kochinita del Medio"ga esa qisqichbaqa yoki enchilada (meksikaliklarning milliy taomi) tanavvul qilish uchun kirardi.

"La Kochinita" xo'jayini Xose Luis Brokamontes haligacha Pep bilan birga tushilgan suratlarni saqlab qo'ygan va u haqida shunday iliq fikrlar bildiradi: "Qachonlardir bu erda Xosep Gvardiola oqvatlangani uchun, buni bilgan odamlar, deyarli har kuni bizning kafeda mehmon bo'lib ketishadi".


Agar Pep "La Kochinita"ga Xuan Lilo bilan birga keladigan bo'lsa, u holda eng oxirgi bo'lib kafedan chiqardilar — futbol va taktika haqida tinimsiz suhbatlashardilar. Brakomontesning aytishicha, Pep hech qachon mashhurligi bilan maqtanmasdi. U biror taom qanday tayyorlanganiga ko'proq qiziqardi. U yoqtirmaydigan narsa faqat taomga achchiq qo'shilmasligi edi. Sababi achchchiq narsalarni yomon ko'rardi.

Meksika tomon sayohat Pep evolyuciyasining bir bosqichi edi. Rasman u o'yinchi bo'lsa-da, ammo aslida Liloning yordamchisi edi. Etiborlisi shundaki, puldan ko'ra bilim Gvardiolani ko'proq qiziqtirardi. 2006 yil boshlarida klub kasodga uchrashdan arang qutilib qoldi, lekin infrastruktura bilan bog'liq muammolar bor edi. Lilo bazida mashinalar turargohida mashq qilardi. Amio eng yomoni kiyinish va yuvinish xonasi yo'qligi edi.

"Dorados"ning yana bir muammolaridan biri maosh masalasi edi — oylikni kechiktirib berishar yoki umuman bermay qo'yishardi. Bu ayniqsa oyiga 5-6 peso ishlab topadigan xodimlarga qiyinchilik tug'dirardi. Gvardiola ularni qo'llab-quvvatlash uchun ikki kunning birida haydovchisi Eliseoga ichiga 3 peso solingan konvert berar va u pullarni eng kam maosh oladigan xodimlarga tarqatardi. Umumiy hisoblaganda, Pep har oy klubga 45 ming peso berib turardi.

Haydovchining aytishicha, Gvardiola kuni bilan ishlasa-da, kitob o'qish uchun albatta vaqt ajratardi. Eliseo har kuni xo'jayiniga Meksika futbol jurnallarining 3ta sonini olib kelarkan. Pep Meksikadan ketar chog'ida Eliseo 3 quti jurnal yig'ib, Pepga berib yuborgan ekan. Gvardiolaning sahiyligidan "Dorados" klubidagilarning boshlari osmonga etardi, biroq bu asosiy muammoga ijobiy tasir ko'rsata olmadi: oyligini vaqtida olmagan futbolchilar mashg'ulotga uy kiyimlarida kelardi — shu yo'l bilan noroziliklarini bildirganlar. Ammo ular bilan birgalikda Pep ham janjallashgan — pul uchun emas, balki adolat uchun!

Gvardiola o'yin payti ko'rsatmalar berar va har bir o'yinchi bilan alohida suhbatlashardi

Gvardiola "Al-Axli"da ekanidayoq murabbiy bo'lishga qaror qilgandi. Lilo uning qobiliyati va nimaga qodirligini sezgandi. Ehtimol, shu sababli, Gvardiola uni eng kuchli murabbiylardan biri va ustozi deb bilgandir. Pep uchun Lilo aslida Yoxan Kruiffdan kam emasligini aytgan.

"Dorados" mashg'ulotlarida Gvardiolaning qo'lidan qora bloknot tushmasdi: unda Xuan aytgan barcha mashq hamda ko'rsatmalar yozilgandi. Gvardiolaning o'zi futbolchilarga maydon bo'ylab harakatlanish va bo'sh joyni to'ldirish tamoyillarini tushuntirardi.

Agar Gvardiola ro'yxatga kiritilmasa, Lilo uni yoniga chaqirib, Pepning murabbiylik bilimlarini oshirardi. Ispaniyalik murabbiylar o'rindig'idan futbolchilarga ko'rsatmalar berib turardi. Ular birgalikda ajoyib ishlardilar: kunduzi Gvardiola navbatdagi raqib jamoa haqida malumot berar, kechasi esa u Lilo bilan taktika borasida suhbatlashardi.

Jurnalist Gilem Balage Pep va Xuan o'rtasidagi suhbatni Gvardiolaning avtobiografiyasida to'liq yozgan: "Kechki ovqatdan so'ng, ertasiga ularning rejalashtirilgan mashg'ulotlari borligiga qaramay, Gvardiola va Lilo tonggacha "buyuk o'yin" taktikasi ustida bosh qotirdilar. Ular o'rtasidagi munosabat haqida so'z borganida, Pep unga har qanday vaziyatda ham suyanish mumkinligi, hoh telefon orqali bo'lsin hoh yuzma-yuz, Lilo doim yordamga shay ekani haqida alohida takidlagan. Etiborlisi shundaki, Pep hech qachon kim bilandir bunchalik uzoq suhbatlashmagan". 

SHu bilan parallel ravishda Pep o'zini muallif sifatida ham sinab ko'rdi — u "El Pais" nashrining tahliliy rukniga maqolalar berib tura boshladi.

Futbolchi-murabbiy sifatida Gvardiola iloji boricha o'yinchilarga yordam berishga harakat qildi. Bunga eng yorqin misol — forvard Sebastyan Abreu bilan bir necha soatlik suhbat. Gvardiola unga qaerda o'ynash va qanday harakat qilish kerakligini tushuntirdi. Qolaversa, u Abreu to'pni noto'g'ri qabul qilayotgani va noaniq etkazib berayotganini payqadi:

− Sen har safar to'pni shu tarzda qabul qilib, 3 sekundni yo'qotyapsan, − g'azablandi Gvardiola.

− Yo'q, yo'qotmayapman, − inkon qildi Sebastyan.

− Yaxshi, u holda shu erda kechgacha qolamiz. Romarioga shu narsani o'rgatdim, seni ham shunga majbur qila olaman.

Yarim tun bo'lganida Abreu rozi bo'ldi.

"Dorados"ning boshqa bir o'yinchisiga, argentinalik Anxel Morales, Gvardiola ideal gol qanday bo'lishini tushuntirdi: "To'p jamoa o'yinchilarning barchasidan o'tishi kerak. Darvozabondan tortib, hujumchigacha, har biri hech bo'lmaganda bir marta to'pga tegib o'tishi lozim".

Morales esa buning iloji yo'q deb, pas berib o'ynashdan bosh tortgan: "Men argentinalikman. SHu sababli, to'p bilan ko'proq o'ynashni, fintlar qilishni xush ko'raman".

Oradan uch yil o'tib Morales Urugvay chempionatida o'ynadi va faoliyatining og'ir paytlarida Gvardiolaning maslahatlarini yodga oldi. Pep bizni pas berishga majbur qilardi. Ammo shu bilan o'yinni sezilarli darajada ijobiy tomonga o'zgartirdi, − deydi Morales.

Lilo Meksikada kelishilgan o'yinlar haqida aytganidan so'ng ularning tarixi yakunlandi. Undan keyin ular raqib murabbiylar sifatida to'qnash kelishdi

SHuningdek, Gvardiola muntazam o'z ustida ishlar, bilmaganlarini o'rganardi – u Meksikada o'rganib olingan taktik "karomatlar" u bilan klubdan-klubga ko'chib yuradi. Mana ikkita misol.

Birinchisi – darvozabonni maydondagi futbolchi sifatida ishlatish. Muhim jihat – oyoqlar bilan ham bemalol to'pni etkazib berish (Valdes, Noyer, Bravo, Ederson). Agar darvozabon ham istalgan vaqtda to'p oshirishlarga, kombinaciyaga qo'shila olsa: bu hujumning avvalidan jamoaga ustunlik beradi. Sababi hujumni tashkillashtirishda 10 emas, 11 futbolchi ishtirok etadi.

Ikkinchisi – tayanch yarim himoyachisining markaziy himoyachilar bilan bir chiziqqa qaytishi (Buskets, Martinez, Alonso, Fernandino). Bu fokus ikki hujumchi bilan o'ynaydigan raqiblarga qarshi, ular yuqori bosimdan foydalanganda ayniqsa foyda beradi. Tayanch yarim himoyachisi to'pni oshirish uchun qo'shimcha variant hosil qiladi (pressinga qaramay, bo'sh futbolchi topiladi) va bosimdan osonlik bilan chiqib ketiladi.

Gvardiola Lilo bilan kundalik suhbatlarni qo'shimcha malumot olish manbaasiga aylantirib oladi. Aynan Xuan Gvardiolaga futbolchilarni maydonda to'g'ri joylashtirishni o'rgatdi, himoya va hujumdagilarni ajratib bo'lmasligi va jamoa to'pni oldirib qo'ygani hamonoq kurashga kirishishi zarurligini tushuntirdi. Aynan shuning uchun Pep jamoalari nafaqat to'p bilan muomala qilishni, (Kruiffning tasiri bo'lgan albatta) balki darhol pressingga kirishishni ham biladi.

"Biz to'pni o'zida saqlashga harakat qiladigan, yaxshi tashkillashgan jamoa edik. O'zimizning o'yin uslubimiz bor edi va moliyaviy imkoniyatlarimiz cheklanganligiga qaramay, istalgan raqibni enga olardik", − yodga oladi Raul Kaneda, Liloning "Dorados"dagi yordamchisi.

Gvardiolaning bugun butun dunyo biladigan o'yin uslubi asli Meksikada shakllana boshlagan. Tarkibdagi futbolchilardan kelib chiqib, mayda detallar o'zgarishi mumkin, lekin to'pga egalik qilish va hujumga bo'lgan etibor hech qachon o'zgarmaydi. Bugungi kunda ham uning o'yin uslubini qoralovchilar etarlicha topiladi. Ayniqsa "Barsa"daligida tomoshabinlar Uni "bunday o'yin bizga kerak emas, ko'ynimizni ozdirib yuboryapsan" qabilidagi "shirin so'zlar" bilan siylashardi.

Meksika termasi sobiq ustozi Rikardo Lavolpe bu usul haqida tushuntirish berib o'tadi. Uning aytishicha, ko'p sonli to'p oshirishlar Gvardiola qo'llayotgan usulning eng muhim jihatlaridan biri:

"Darvozabon to'pni o'yinga kiritishda, pasdan markaziy himoyachiga berishi, u eng yaqin sherigiga to'pni oshirishi, keyin qanot himoyachisi, tayanch zona vakillari... Bularning barchasi shunchaki to'pni u yoqdan bu yoqqa olib yurish emas, maqsad to'p yarim himoyachilarga etib borganda futbolchilar soni bo'yicha ustunlikka erishish".

"Dorados"da bir yil ham ishlab ulgurmay Gvardiola va Lilo jamoani tark etishadi. Muammolar 2006 yil yozda boshlandi: intervyularining birida Lilo kelishilgan o'yinlar mavzusini ko'tardi. U "San-Luis" jamoasi (Televisa mediakonglomeratiga tegishli) bir necha marta o'zidan sezilarli darajada kuchli klublarni juda shubhali engib qo'ygani haqida gapirdi. Qizig'i, mag'lub bo'lgan top jamoalar ham "Televisa"ga tegishli edi.

Mahalliy OAV bir zumda Lilo so'zlaridan katta media-janjal uchun foydalandi. O'sha yilning iyulida esa "Dorados" oliy ligani tark etdi va shu bilan barchasi yakun topdi. 

Keyingi uchrashuv 2010 yil kuzida sodir bo'ldi. 20 noyabr kuni Pep qo'l ostidagi "Barsa" Lilo boshqarayotgan “Almeriya”ni yakson etdi – 8:0. O'sha kunning o'zida "Almeriya" rahbariyati murabbiyga chiqish eshiklarini ko'rsatishdi. Ustozidan o'zib ketgan shogird deb shuni aytishsa kerak. Lekin u sababli Liloning ishsiz qolishi... Biroz achinarli hol.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика