Sevilyadan Sankt-Peterburggacha: Evro-2020'dagi 11 shaharning 11 stadioni
10 iyu 2021 19:48
Yangiliklar
Sevilyadan Sankt-Peterburggacha: Evro-2020'dagi 11 shaharning 11 stadioni
- Dastlab Evro-2020 13 shaharning 13 stadionida o'tishi lozim edi.
- 2017 yil dekabrda Bryussel Milliy stadion qurilishining kechikishi sababli mezbon shaharlar ro'yxatidan chiqib ketdi. Bryusselda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan uchrashuvlar Londonga ko'chdi.
- 2021 yil aprel oyida Evroni qabul qiladigan shaharlar ro'yxatida yana o'zgarishlar yuz berdi: Bilbaoning o'rnini Sevilya egallagan bo'lsa, Dublin undan butkul chiqib ketdi. Irlandiya poytaxtida o'tishi mo'ljallangan o'yinlar London va Sankt-Peterburg o'rtasida taqsimlandi.
Evro-2020'ning 11 o'yingohi

1. London (Angliya) — "Uembli" (90 000, tribunaning 25% qismini to'ldirishga ruxsat etilgan)
O'yinlar (8): Angliya — Xorvatiya (13 iyun), Angliya — SHotlandiya (18 iyun), CHexiya — Angliya (22 iyun), 1/8 finalning ikki bahsi (26 va 29 iyun), ikki yarim final (6 va 7 iyul), final (11 iyul).
- Evro-2020 asosiy stadioni: "Uembli" har qaysi stadiondan ko'ra ko'proq o'yinlarni o'zida qabul qiladi (8 uchrashuv), Londondagi stadionda turnirning asosiy to'qnashuvlari o'tkaziladi — ikki yarim final hamda final.
- Eski "Uembli" (1923-2000) o'rniga xuddi shu nom bilan yangi qad rostlagan zamonaviy stadion Angliyada bo'lib o'tgan Evro-1996'ning asosiy arenasi edi. 25 yil oldin "Uembli"da guruh bosqichidan o'rin olgan Angliya — SHotlandiya (2:0) uchrashuvi, shuningdek, chorak final doirasidagi Angliya — Ispaniya (0:0, pen. bo'yicha 4:2), yarim finaldagi Angliya — Germaniya (1:1, pen. bo'yicha 5:6) va Germaniya — CHexiya (2:1, "Oltin gol") finali kabi hal qiluvchi bahslar o'tkazilgan.
- Angliyada bo'lib o'tgan Evro-1996'ning Germaniyaga qarshi kechgan yarim finalda o'yindan keyingi penaltilar seriyasiga murojaat qilingan. O'shanda Angliya terma jamoasining hozirgi murabbiyi Garet Sautgeyt muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
- Yangi "Uembli" (2007 yilda ochilgan)ning asosiy o'yinlari CHempionlar Ligasining 2 ta finali sanaladi – 2011 yilgi ("Barselona" — "Manchester Yunayted" — 3:1) va 2013 yildagi ("Bavariya" — "Borussiya" Dortmund" — 2:1).
2. Sankt-Peterburg (Rossiya) — "Sankt-Peterburg" (62 315, 50% qismi to'lishiga ruxsat berilgan)
O'yinlar (7): Belgiya — Rossiya (12 iyun), Polsha — Slovakiya (14 iyun), Finlyandiya — Rossiya (16 iyun), SHveciya — Slovakiya (18 iyun), Finlyandiya — Belgiya (21 iyun), SHveciya — Polsha (23 iyun), chorak final o'yini (2 iyul).
- "Sankt-Peterburg" — bu "Gazprom Arena"ning notijorat nomi.
- Rossiya stadioni Evro-2020 o'yinlarining umumiy soni bo'yicha "Uembli"dan keyin ikkinchi o'rinda turadi — 7 ga 8.
- Sankt-Peterburgda JCH-2018 o'yinlari bo'lib o'tgan, shu qatorda uchinchi o'rin uchun kechgan Belgiya — Angliya o'yini (2:0).
- Bu yil "Gazprom Arena" CHempionlar Ligasi finalini o'tkazishi kerak edi, ammo pandemiya xaritalarni chalkashtirib yubordi. UEFA Sankt-Peterburgga 2022 yilgi CHempionlar Ligasining hal qiluvchi o'yinini o'tkazishini vada qilmoqda.
3. Rim (Italiya) — “Olimpiko” (72 698, 25% to'lishiga ruxsat etilgan)
O'yinlar (4): Turkiya — Italiya (11 iyun), Italiya — SHveycariya (16 iyun), Italiya — Uels (20 iyun), chorak final uchrashuvi (3 iyul).
- "Olimpiko"da Evro-2020'ning ochilish uchrashuvi bo'lib o'tadi, unda Turkiya hamda Italiya o'zaro bahslashadi.
- Bu tarixiy shaharning asosiy arenasi uchun Evro-1968 va Evro-1980'dan keyingi uchinchi Evropa chempionati bo'ladi.
- Darhaqiqat, "Olimpiko" Evropa chempionatining uchta finalini qabul qilgani bilan maqtana oladi:
1968 yil: Italiya — Yugoslaviya — 1:1
1968 yil (qayta o'yin): Italiya — Yugoslaviya — 2:0
1980 yil: GFR — Belgiya — 2:1

4. Myunxen (Germaniya) — «Alyanc Arena" (75 000, 20% to'lishiga ruxsat etilgan)
O'yinlar (4): Franciya — Germaniya (15 iyun), Portugaliya — Germaniya (19 iyun), Germaniya — Vengriya (23 iyun), chorak final bahsi (2 iyul).
- "Alyanc Arena" "O'lim guruhi bo'lmish "F" guruhi bahslarini o'zida o'tkazadi, unda mos ravishda avvalgi Evropa chempionatining g'olibi, finalchisi va yarim finalchisi — Portugaliya, Franciya va Germaniya pley-offga chiqish uchun kurash olib boradi.
- Myunxen stadioni bungacha yirik musobaqa — 2006 yilgi Jahon chempionatining o'yinlariga mezbonlik qilgan. O'sha paytda "Alyanc Arena"da Germaniya (Kosta-Rikaga qarshi ochilish uchrashuvi va 1/8 finalning SHveciya bilan o'yini), Franciya va Portugaliya o'zaro ushbu stadionda o'ynagan.
- 2011/12 yilgi CHempionlar ligasi finali "Alyanc Arena"da bo'lib o'tgan. Myunxenning "Bavariya"si o'z maydonida CHempionlar Ligasi finalida maydonga tushgan tarixdagi birinchi jamoaga aylandi va "CHelsi"ga yutqazdi.
5. Boku (Ozarbayjon) — "Olimpiya" stadioni (70 000, 50% tomoshabinga ruxsat)
O'yinlar (4): Uels — SHveycariya (12 iyun), Turkiya — Uels (16 iyun), SHveycariya — Turkiya (20 iyun), chorak final o'yini (3 iyul).
- "Olimpiya" stadioni Evro-2020 arenalarining "ikkinchi toifa"siga kiritilgan, ahamiyati jihatidan faqat yarim final va finalni o'tkazadigan "Uembli"dan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
- Boku Sankt-Peterburg, Rim va Myunxen kabi chorak final o'yinlarining biriga mezbonlik qiladi.
- Ushbu arenaning o'ziga xos belgisi sifatida Evropa Ligasi 2018/19 yilgi mavsumining final uchrashuvini keltirib o'tish mumkin. O'sha o'yinda Londonning ikki klubi to'qnash kelishgan, biri boshqasiga imkoniyat qoldirmagan: CHelsi» — «Arsenal» — 4:1.
6. Glazgo (SHotlandiya) — "Xempden Park" (52 103, 25% qismiga ruxsat berilgan)
O'yinlar (4): SHotlandiya — CHexiya (14 iyun), Xorvatiya — CHexiya (18 iyun), Xorvatiya — SHotlandiya (22 iyun), 1/8 final uchrashuvi (29 iyun).
- Evro-2020’dagi eng eski stadion: "Xempden Park" 1903 yilda ochilgan.
- Rasmiy malumotlarga ko'ra 1937 yilda "Xempden Park"da o'tkazilgan Angliya va SHotlandiya o'rtasidagi o'yinga 150 ming tomoshabin yig'ilgan. Qo'shimchasiga arenaga yana taxminan 20 mingga yaqin tomoshabin ham kirgan deb aytiladi.
- CHempionlar Ligasi/Kubogi finallarini uch marta o'tkazgan:
1. 1959/60 yilgi mavsum. "Real" — "Ayntraxt" Frankfurt — 7:3 (eng ko'p muxlis kirgan final — 135 000 tomoshabin)
2. 1975/76 yilgi mavsum. "Bavariya" — "Sent-Eten" — 1:0 (myunxenliklar ketma-ket uchinchi sovrinni yutishgan)
3. 2001/02 yilgi mavsum. "Real" — "Bayer" — 2:1 (Zidan g'alaba golini urgan, siz bu golni ko'rmagan bo'lsangiz, futbol muxlisi emassiz)

7. Amsterdam (Niderlandiya) — "Yoxan Kroyf Arena" (54 990, 25% yoki 33% to'lishiga ruxsat bor)
O'yinlar (4): Niderlandiya — Ukraina (13 iyun), Niderlandiya — Avstriya (17 iyun), SHimoliy Makedoniya — Niderlandiya (21 iyun), 1/8 final bahsi (26 iyun).
- Ilgari ushbu stadion "Amsterdam Arena" deb nomlangan, 2018/19 yilgi mavsum boshlanishidan oldin u taniqli niderlandiyalik futbolchi va murabbiy sharafiga o'zgartirilgan.
- Ushbu stadionda Evro-2000 o'yinlari bo'lib o'tgan, shu qatorda niderlandiyaliklar xafa bo'lgan yarim final Niderlandiya — Italiya (0:0, pen. bo'yicha 1:3) o'yini.
- "Amsterdam Arena" 1997/98 yilgi CHempionlar Ligasining final uchrashuvini o'tkazgan, unda "Real" "Yuventus" ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.
8. Budapesht (Vengriya) — "Ferenc Pushkash" (67 215, 100% to'lishiga ruxsat etilgan)
O'yinlar (4): Vengriya — Portugaliya (15 iyun), Vengriya — Franciya (19 iyun), Portugaliya — Franciya (23 iyun), 1/8 final o'yini (27 iyun).
- Evro-2020’ning eng yosh stadioni: deyarli 2 yil oldin — 2019 yil 15 noyabrda ochilgan.
- Evropa chempionatida tomoshabinlarni kiritishga cheklovlar qo'yilmagan yagona o'yingoh.
- Budapeshtda "Liverpul" va "Leypcig", "Borussiya" Myonxengladbax va "Manchester Siti" o'rtasidagi CHempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvlari o'tkazilgan. SHuningdek, o'tgan yili "Bavariya" hamda "Sevilya" o'rtasidagi UEFA Superkubogi o'yini ham aynan "Ferenc Pushkash"ga ishonib topshirilgandi.
9. Sevilya (Ispaniya) — "Estadio La Kartuxa" (60 000, 30% to'lishiga ruxsat berilgan)
O'yinlar (4): Ispaniya — SHveciya (14 iyun), Ispaniya — Polsha (19 iyun), Slovakiya — Ispaniya (23 iyun), 1/8 final o'yini (27 iyun).
- Sevilya 23 aprel kuni Evro-2020 mezbonlari ro'yxatidagi yana bir Ispaniya shahrini — Bilbaoning o'rnini egalladi, sababi mahalliy hokimiyat "San-Mames"ga tomoshabinlar kirishini istamadi.
- Stadion 1999 yilda engil atletika bo'yicha jahon chempionati uchun qurilgan.
- 2002/03 yilgi UEFA kubogi finaliga mezbonlik qilgan. O'shanda "Portu" "Seltik"ni 3:2 hisobida mag'lub etgandi.
- Ushbu maydonda 2020/21 yilgi Millatlar Ligasida Ispaniya Germaniyani tor-mor keltirgan – 6:0.
10. Buxarest (Ruminiya) — "Milliy" stadioni (55 600, 25% to'lishiga ruxsat mavjud)
O'yinlar (4): Avstriya — SHimoliy Makedoniya (13 iyun), Ukraina — SHimoliy Makedoniya (17 iyun), Ukraina — Avstriya (21 iyun), 1/8 final bahsi (28 iyun).
- Usti to'liq yopiladigan Evro-2020 stadionlaridan biri. Qolgan ikkitasi — "Sankt-Peterburg" va "Parken".
- Stadion 2011/12 yilgi Evropa Ligasi finaliga mezbonlik qilgan — "Atletiko" — "Atletik" Bilbao (3:0).

11. Kopengagen (Daniya) — "Parken" (38 100, 45% to'lishiga ruxsat bor)
O'yinlar (4): Daniya — Finlyandiya (12 iyun), Daniya — Belgiya (17 iyun), Rossiya — Daniya (21 iyun), 1/8 final o'yini (28 iyun).
- Daniya guruh bosqichidagi barcha o'yinlarni o'z uyida o'tkazadi. Rossiya bilan o'yin mezboni qura tashlash yo'li bilan aniqlandi. Bu orqali Rossiya - Daniya o'yini Kopengagenda o'tkaziladigan bo'ldi.
- Evro-2020’da eng kam tomoshabin sig'adigan stadion.
- "Parken"da UEFA tasnifidagi 2 ta evrokubok finali bo'lib o'tgan va ularning har ikkisida "Arsenal" ishtirok etgan: "Kanonirlar" 1994 yili Kubok Egalari Kubogida "Parma"ni engishgan bo'lsa, 2000 yilda UEFA Kubogida "Galatasaroy" ustidan g'alaba qozonishgan.
SHerzod Nurmatov tarjimasi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar