"Sevilya" "Milan" o'yinchisi uchun 30 million evro to'lashga tayyor
16 jan 2020 11:17
Yangiliklar
"Sevilya" "Milan" o'yinchisi uchun 30 million evro to'lashga tayyor
"Milan" hujumchisi Kshishtof Pyontek uchun yana bir raqobatchi paydo bo'ldi.
"Sevilya" 24 yoshli forvard bilan shu oyda shartnoma imzolamoqchi.
Ispan klubi Pyontekni 30 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor.
O'yinchiga shuningdek "Tottenxem" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub Pyontekni jarohatlangan Xarri Keynning o'rnida o'ynatmoqchi.
Pyontek joriy mavsum "Milan" safida A Seriyada 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishgan.
Fikrlar