"Sevilya" futbolchisi La Liga g'olibligi haqida: "Hamma narsa bo'lishi mumkin. Barcha o'yinlarni yutishga harakat qilamiz"
09 okt 2020 17:49
Yangiliklar


"Sevilya" futbolchisi La Liga g'olibligi haqida: "Hamma narsa bo'lishi mumkin. Barcha o'yinlarni yutishga harakat qilamiz"
"Sevilya" o'yinchisi Ussama Idrissa La Liga 2020/21'dagi ehtimoliy g'oliblik haqida gapirdi.
"Futbolda doim imkoniyat bor, hamma narsa ro'y berishi mumkin.
Bizda yaxshi o'yinchilar bor va juda ko'p ishlayapmiz. Mavsum og'ir bo'ladi, bu erda yaxshi jamoalar ko'p. Biz ularni hurmat qilishimiz va barcha o'yinlarni yutishga harakat qilishimiz kerak. Bu futbolchilar xohlayotgan narsadir. SHunday ekan biz qadamba qadam intilishimiz kerak. Ko'ramiz, bu bizni qaerga eltarkin.
"Sevilya" - katta klub, La Liga - ajoyib musobaqa. Yaxshi, texnikali futbol. Bizda yaxshi murabbiy va xodimlar, shuningdek shart-sharoitlar bor. Bu mening o'sishim va kuchli bo'lishim uchun ideal joy", - deydi Idrissi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar