Sevilya derbisi oldidan "Betis" koronavirusga chalingan uch o'yinchisi kimligini malum qildi
02 jan 2021 12:00
Yangiliklar


Sevilya derbisi oldidan "Betis" koronavirusga chalingan uch o'yinchisi kimligini malum qildi
Ispaniyaning "Betis" klubi jamoada koronavirusga chalinganlar borligini malum qildi.
La Liga 17-tur doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan yarim himoyachilar Xoakin va Andres Guardado, shuningdek himoyachi Martin Montoyyaning testlari musbat natijani ko'rsatgan.
"Kasallangan o'yinchilar yaxshi holatda, ular o'z uylarida izolyaciya qilingan va sog'liqni saqlash organlari, La Liga va klubning o'zi tomonidan belgilangan protokollarga rioya qilishmoqda. Jamoaning qolgan azolari manfiy test topshirgan", - deyiladi "Betis" rasmiy saytida.
Eslatib o'tamiz, Sevilya derbisi bugun, aniqrog'i 2 yanvarda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar