"Sevilya" bosh murabbiyi og'ir kasallikka chalinganini malum qildi
07 apr 2019 23:25
Yangiliklar


"Sevilya" bosh murabbiyi og'ir kasallikka chalinganini malum qildi
Ispaniya chempionatining 31-tur "Valyadolid”ga qarshi g'alabadan (2:0) so'ng, "Sevilya" bosh murabbiyi Xoakin Kaparros og'ir xastalikka chalinganini aytdi.
"Menda surunkali leykemiya (qon ishlab chiqaradigan to'qimalarning o'sma kasalligi) bor. Men oddiy hayot kechirmoqdaman. O'z ishimdan rohat olmoqchiman. Davolanish kurslarini esa o'tkazganim yo'q. Faoliyatimni davom ettirayotganim uchun klub mutasaddilariga minnatdorchilik bildiraman." - deydi Kaparros.
Malumot o'rnida, 64 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi jamoa LaLigada 49 ochko to'plagan holda 5 pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar