"Sevilya" "Barselona"da o'ynayotgan sobiq futbolchisini ortga qaytarishga urinib ko'radi
04 iyu 2020 15:17
Yangiliklar
"Sevilya" "Barselona"da o'ynayotgan sobiq futbolchisini ortga qaytarishga urinib ko'radi
"Sevilya" "Barselona" futbolchisi Ivan Rakitichga qiziqmoqda.
Klub mavsum yakunlanishi bilan 32 yoshli yarim himoyachini "Kamp Nou"dan qaytarish ishlarini boshlab yuboradi. Futbolchi 2014 yilning yozida "Sevilya"dan Kataloniya poytaxtiga ko'chib o'tgandi.
Oldinroq, xorvatiyalik futbolchining o'zi ham "Sevilya"ga qaytishga tayyorligini aytgan edi.
Futbolchining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar