Seten "Real"ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin: "Bundan fojia yasash kerak emas"
02 mar 2020 04:11
Yangiliklar
Seten "Real"ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin: "Bundan fojia yasash kerak emas"
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten "Real"ga (0:2) qarshi bahsdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik, ular esa ikkinchi bo'limda. Tanaffusdan keyin o'yin yomon boshlanmagan edi, keyin pas uzatishda noaniqliklar ko'zga tashlana boshladi. "Real"ni ushbu g'alaba bilan tabriklashimiz kerak. Raqibning jiddiy bosimi ishlarimizni qiyinlashtirdi.
Messi – juda muhim o'yinchi. Ammo bir kishiga suyanib qolmasligimiz kerak. Bugun u yolg'izlanib qoldi va bir o'zi g'alaba qozona olmadi.
Mag'lubiyatdan fojia yasash kerak emas. Hali hammasi oldinda, vaziyatni o'nglash uchun bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ladi", – dedi Seten.
La Liga. "Barselona" "Bernabeu"da ojiz qoldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar