Seten “Barselona” afsonalaridan birini jamoaga qaytarmoqchi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2020, 19:33
Seten “Barselona” afsonalaridan kimni jamoaga qaytarish niyati borligini aytdi.

“Inestani qaytargan bo'lardim. To'g'ri, u hali faoliyatini yakunlagani yo'q. Ehtimol, uni qaytarishni uddalarmiz” – deydi 61 yoshli ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar akademiyasidan chiqqan Inesta 2002-2018 yillar davomida “ko'k-anorranglilar” sharafini himoya qildi. Hozirda esa u Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es