Sesar Aspilikueta: "Suaresni darvozamiz yoniga yaqinlashtirmasligimiz kerak"
23 fev 2021 00:49
Yangiliklar


Sesar Aspilikueta: "Suaresni darvozamiz yoniga yaqinlashtirmasligimiz kerak"
"CHelsi" sardori Sesar Aspilikueta ECHLning 1/8 finali doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yin haqida to'xtaldi.
"Atletiko" - juda axil jamoa, ular bekorga LaLigada etakchilik qilishmayapti. Biz ECHLda juda katta tajribaga ega bo'lgan kuchli raqibga qarshi o'ynashimizni yaxshi bilib turibmiz. Jamoa bosh murabbiyi ancha vaqtdan buyon ishlamoqda. Safarda o'ynashimizdan qati nazar chiroyli o'yin ko'rsatishimiz kerak.
Luis Suares? Uni qurolsizlantirishning yagona yo'li - darvozamiz yoniga yaqinlashtirmaslik. Buning uchun jamoaviy ishlash kerak. "Liverpul" va "Barselona"da o'ynab yurgan paytlarida unga qarshi harakat qilganman", - dedi himoyachi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar