Serxio Regilon: "Sevilya" Evropa Ligasida g'olib chiqishni istaydi"
07 avg 2020 07:40
Yangiliklar
Serxio Regilon: "Sevilya" Evropa Ligasida g'olib chiqishni istaydi"
"Sevilya" futbolchisi Serxio Regilon Evropa Ligasi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun har tomonlama yaxshi to'p tepdik. Bu oqshomdan zavqlanamiz, kuch va quvvat olamiz. Umid qilamanki, bir necha kundan so'ng navbatdagi uchrashuvga tayyor bo'lamiz. Butun jamoa, maydonda to'p tepgan, tepmagan barcha bilan faxrlanaman. Nima so'z bilan tariflaganda ham biz bir jamoamiz. "Sevilya" ushbu musobaqada g'olib chiqishni istaydi", - deydi Regilon.
Fikrlar