So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  4 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi Yangiliklar

Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi

Uning o'zi bu haqda payshanba kuni xabar qildi.

So'nggi ikki yil milliy jamoada o'ynamagan bo'lsa ham, unda ajoyib ko'rsatkichlar bor.

• Ramos – terma jamoa rekordchisi. 180ta o'yin o'tkazgan va ancha oldin etakchilikka chiqqan. Hozirgi o'ynayotgan o'yinchilardan o'ntalikda ham hech kim yo'q.

• Serxio ilk bor Ispaniya terma jamoasiga 18 yosh 361 kunligida chaqirilgan, bu 2005 yilning martida bo'lgandi. U o'shanda tarixdagi eng yosh o'yinchi bo'lgan. Ammo, bir yil o'tib uning rekordini Sesk Fabregas yo'qqa chiqardi, keyinchalik esa Boyan Krkich, Ansu Fati va Gavi o'tib ketishdi.

• Serxio hech narsaga qaramay, terma jamoadan ketganini hozir elon qildi, u 2021 yilning bahoridan beri o'ynamayotgandi – u hattoki Evro-2020ga ham yo'l olmagan, so'ngra JCH-2022ni ham o'tkazib yubordi.

Yangi murabbiy yoshi tufayli Ramosga ishonch bildirmayotganga o'xshaydi. Uning o'zi qo'ng'iroq qildi va buni aytdi

Ramos xayrlashayotgan bir paytda Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Luis De La Fuentedan noroziligini bildirmoqda – aynan u o'yinchiga qo'ng'iroq qildi va ortiq chaqirmasligini malum qildi.

"Vaqti etib keldi – aziz milliy jamoamiz bilan xayrlashish vaqti keldi. Bugun ertalab menga hozirgi bosh murabbiy qo'ng'iroq qildi. U menga qanday saviyadagi o'yin ko'rsatishim va sport faoliyatim qanday davom etishidan qatiy nazar hozirda va kelajakda ishonch bildirmasligini aytdi.

Og'ir yurak bilan xabar qilamanki, milliy terma jamoa bilan erishgan barcha muvaffaqiyatlarimizni hisobga olib, bularning davom etishini va yanada yoqimli tarzda yakunlanishiga umid qilgan sayohatim shu bilan yakunlandi.

CHin dildan ushbu sayohatim tanlovim bilan yakunlanishga loyiqligiga ishonaman. Yoki, hech bo'lmasa darajam ushbu jamoaga mos kelmasligi sabab. Yosh yoki menga to'g'ridan-to'g'ri aytmagan sabablaridan emas, ammo men ularni his qildim.

Yosh bu fazilat ham, illat ham emas, bu shunchaki raqam, o'yin darajasi yoki mahorat bilan bog'liq emas. Men Modrich, Messi va Pepe kabi o'yinchilarga qoyil qolaman va havas qilaman. Ular futboldagi ananalar, qadriyatlar, meritokratiya va adolatning mohiyatini ifodalaydi".

Albatta, shunchaki xayrlashishdan ko'ra kattaroq narsa bormi? Bu xafagarchilikmasmi?

Ramos o'zini boshqa "qariyalar" bilan solishtirdi. Hali ham o'z terma jamoalari bilan bo'lganlarni

Nega Ramos aynan Luka Modrich, Leo Messi va Pepeni yozdi? Ularning barchasi 35+, ular esa hali klubda ham, terma jamoada ham asosiy tarkibda o'ynashmoqda.

• Messi 35 yoshida Argentina terma jamoasini JCH oltinlari tomon boshlab bordi va jahon chempionatida eng yaxshi bo'lgan eng yoshi katta o'yinchi bo'ldi.

• Modrich – Xorvatiya terma jamoasida jahon chempionatlarida maydonga tushgan va terma tarixida gol urgan eng yoshi katta o'yinchiga aylandi, u shuningdek klub miqyosida ham doim shunday ro'yxatlarda.

• Pepe dushanba kuni 40 yoshni qarshi oladi, u esa "Portu" asosiy tarkibida "Inter" bilan CHempionlar ligasida o'ynamoqda! Portugaliyalik JCHda hatto terma jamoa safida gol ham urdi va jahon chempionatlari pley-offida gol urgan eng yoshi katta o'yinchi bo'ldi.

Ispaniya terma jamoasini yoshartirish De La Fuentega qarshi boshlangandi – Luis Enrike jamoasi nafaqat JCH-2022ning, balki umuman jahon chempionatlari tarixidagi eng yosh jamoalardan bo'lgandi.

Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика