Server Jeparovda 63 daqiqa, “Ulsan”da durang
11 apr 2015 15:09
Yangiliklar

Server Jeparovda 63 daqiqa, “Ulsan”da durang
Janubiy Koreyaning “K” ligasida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina Server Jeparov to'p tepayotgan “Ulsan Xyunday” klubi ushbu tur doirasidagi o'z uchrashuvini yakunladi. Mehmonda “Dejeon Sitizen”ga qarshi maydonga tushgan ulsanliklar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
45-daqiqada Yang Dong-Xyun “Ulsan”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 66-daqiqada Myung-Von Seo muvozanatni tikladi. Terma jamoamiz sardori javob to'pi kiritilishidan uch daqiqa avval, aniqrog'i 63-daqiqada o'z o'rnini CHang-Xyun Koga bo'shatib bergandi.
Bugungi uchrashuvdan so'ng “Ulsan Xyunday” 11 ochko bilan hamon peshqadam bo'lib turibdi. Lekin ertaga “CHonbuk” va “Suvon” klublari o'z o'yinlarini g'alaba bilan yakunlashsa, Jeparov jamoasi 3-o'ringa pastlaydi.

Fikrlar