So’nggi yangiliklar

07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  0 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  6 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1

Server Jeparov: Milliy terma jamoaning omadsizligini unuta olmayapman Yangiliklar

Server Jeparov: Milliy terma jamoaning omadsizligini unuta olmayapman

2014 yilning 13 yanvar kuni SHveycariyaning Cyurix shahrida tashkil etiladigan gala marosimda 2012/2013 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha yilning eng yaxshilari elon qilinadi.
Ko'pchilikning diqqat etibori yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nominaciyasiga qaratilishi shubhasiz. Ayni paytda eng yaxshi futbolchi bo'lishga 23, eng yaxshi murabbiy nomiga 10 nafar mutaxassis davogar bo'lib turibdi. Dekabr oyida FIFA ko'p ovozga ega bo'lgan 5 nafar final ishtirokchilarini elon qiladi. Takidlash lozim, 2009 yildan buyon Oltin to'pga Barselona xujumchisi Lionel Messi egalik qilib kelmoqda. Bu yil esa anananing buzilishi kutilyapti. Vaziyatga xolis qaraydigan bo'lsak, Oltin to'pga ko'proq Krishtianu Ronaldu haqliroq ko'rinyapti. Aynan uning gollari Portugaliya terma jamoasini JCHga olib chiqdi. Krishtianuning Realdagi ishlari ham chakki emas. Ananaga ko'ra, bu yil g'oliblar milliy terma jamoalar murabbiylari va sardorlari bergan ovozga ko'ra aniqlanadi. O'zbekistonlik futbol ishqibozlarini milliy terma jamoamiz sardorining kimlarga ovoz bergani qiziqtirsa kerak. Xo'sh, Server Jeparov kimga ovoz berdi? Bu haqda u bilan uyushtirgan eksklyuziv intervyuni o'qish asnosida bilib olishingiz mumkin.   

- Server, suhbatimiz avvalida Oltin to'p va Yilning eng yaxshi murabbiyi nominaciyalarida kimni yoqlaganingiz haqida malumot bersangiz.
- Bajonudil. Birinchi o'ringa sevimli futbolchim - Lionel Messini qo'ydim. Ikkinchi o'ringa Krishtianu Ronaldu, uchinchi pog'onaga esa Zlatan Ibragimovichni munosib ko'rdim. Bu mening shaxsiy tanlovim. Ayrimlarga yoqmasligi aniq. Har kimning o'z ovozi va tanlovi bor.

- Murabbiylar masalasida tanlovingiz qanday bo'ldi?

- 1.Xosep Gvardiola. 2.Yupp Xaynkes. 3.Yurgen Klopp. Mana mening tanlovim.

- O'z tanlovlaringizni izohlab bera olasizmi? Nima uchun Ronaldu emas Messi, Xaynkes emas, Gvardiola?
- Menimcha, Gvardiola murabbiy bo'lish uchun tug'ilgandek. Yaratgan unga murabbiylikni yuqtirgan. Xaynkes Bavariyaning yangi asrini boshlab berdi. Bu yil Pep Myunxen klubi bilan rekordlarni yangilamoqda. 23 noyabr kuni Dortmundda kechgan o'ta muhim o'yinda Bavariya kim aslida kim ekanini amalda ko'rsatib qo'ydi. O'yinning natijasi izohga hojat qoldirmaydi. Bu g'alabalarda shubhasiz Gvardiolaning hissasi katta. Klopp esa so'nggi ikki yil ichida Borussiyani nafaqat Germaniyada, balki butun dunyoda ham raqobatbardosh klubga aylantirdi. Dortmundliklar namoyish etayotgan hujumkor futbol juda chiroyli va jozibali chiqmoqda. Bunda Yurgenning mehnati yotibdi.

Futbolchilar bo'yicha tanlovimga kelsak, Messi yarim yil davomida o'zining to'purarlik va etakchilik qobiliyatini namoyish qildi. Eng muhimi, nafaqat o'zining, balki qachonlardir boshqa futbol afsonalari o'rnatgan rekordlarni yangilashdan charchamadi. Ronaldu ham gol urishdan to'xtamayapti. Mavsumni bir tekis o'tkazyapti. Lekin ikki kuchli futbol yulduzidan birini tanlash kerak. Men bu vaziyatda o'z ovozimni Leoga berdim. Ibragimovich ham goleadorlik mahoratini namoyish etmoqda. Uning har bir golini turning eng chiroyli goli sifatida baholash mumkin. Lekin Zlatanni Messi va Ronaldu bilan bir qatorga qo'yib bo'lmaydi.

- Bugun (suhbat 27 noyabr kuni bo'lgan) jamoangiz Koreya K-ligasidagi so'nggi tur o'yinini o'tkazdi. Safarda CHunnam Dragons klubini 1:0 hisobida mag'lub etdinglar. Endigi rejalar qanday?
- Ha, mavsumni g'alaba bilan yakunladik. Ammo bundan juda ham xursand emasmiz. Yodingizda bo'lsa, to'plar nisbatiga ko'ra, birinchi bosqichda kuchli ettilikka kira olmagandik. SHunday bo'lsa-da, ikkinchi bosqich o'yinlarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdik. Jamoadoshim Kim Dong Subning yagona goli evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Birinchi bo'limda 4-1-4-1, tanaffusdan so'ng 4-4-2 sxemasi asosida harakat qildik. Bu esa o'z samarasini berib, 80-daqiqada g'alaba to'pini yo'lladik. Sub darvozabondan qaytgan to'pga takroriy zarba berib, bizga yutuq keltirdi.

- Klub rahbariyati o'yindan so'ng futbolchi va murabbiylar bilan gaplashdimi?
- Albatta. Bizga aytishlaricha, kelasi mavsumdan klubning nomi o'zgaradi. SHu paytgacha Seongnam Ilva CHunma deb atalib kelingan klub nomi kelasi yildan FC Seongnam bo'lib o'zgaradi.

- SHartnomangiz yana bir yil amalda bo'ladimi?
- Kelishuv 1+1 ko'rinishida imzolangandi. Hozircha shartnomam muddati yakunlanguniga qadar jamoada qolmoqchiman. CHunki, o'ylab ko'rish uchun tayinli takliflar hali bo'lmadi. Ko'ramiz, mavsum endigina yakunlandi-ku.

- Server, Gonkongga qarshi kechgan o'yinning so'nggi 10 daqiqasi mobaynida maydonda harakat qildingiz. Zaxiradan o'yinga qo'shilishingiz mavsum davomida orttirilgan charchoq yoki jarohat bilan bog'liq emasmi?
- Yo'q, hammasi joyida. Hech qanday jarohat yo'q. O'zimni hech qachon bunchalik yaxshi his qilmagandim. So'nggi 10 daqiqa uchun zaxiradan maydonga tushganimga o'zim ham javob topa olmayapman. Bu men uchun katta jumboq.

- Demak, hammasi joyida bo'lsa, bu savol bosh murabbiyga tegishli ekan-da?
- Bo'lishi mumkin. Balki, yana kimgadir ham.

- So'nggi o'yinlarda murabbiylar shtabi yosh futbolchilarga urg'u qaratyapti va qaysidir manoda bu o'zgarishlar o'zini oqlayotgandek...
- Yigitlarning kelajagi yorqin. Vetnam terma jamoasi bilan bo'lgan o'yinda alo darajada harakat qilishdi. Lekin Vetnamning saviyasi unchalik baland emas. Gonkong esa Evropaga yaqin futbol namoyish etarkan. Mazkur o'yinda yosh futbolchilarga xalqaro tajriba etishmadi. Bu holat ko'zga tashlanib qoldi. Milliy terma jamoada ko'proq maydonga tushib turishsa, hammasi yaxshi bo'ladi. Darvoqe, Gonkongga qarshi kechgan o'yinda milliy terma jamoa libosidagi 99-uchrashuvni o'tkazibman. Yuzlik dovonini zabt etishimga bitta o'yin qoldi. Balki bu kelasi yilning 5 mart kuni Toshkentda BAAga qarshi o'tkaziladigan uchrashuv bo'lar, ko'ramiz. 

- Qachonga uyga qaytishni rejalashtiryapsiz?
- Kelasi haftaga qaytsam kerak. Ertadan chipta masalasi bilan shug'ullanaman. Nihoyat, hordiq chiqaraman. Bu yil juda og'ir keldi. Milliy terma jamoaning omadsizligini unuta olmayapman. Hech qachon JCHdan bir qadam uzoqda turmagandik. Ming afsus. Xuddi tushga o'xshaydi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика