Server Jeparov: "Ikkinchi bo'limda charchab qolgandik"
18 jan 2015 12:36
Yangiliklar
Server Jeparov: "Ikkinchi bo'limda charchab qolgandik"
O'zbekiston milliy terma jamoasi bir yarim soatlardan so'ng Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi doirasidagi so'nggi o'yinda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.
Bugun faqat g'alaba qozongan taqdirimizdagina chorak finalga chiqamiz. Qolgan barcha natija arablar foydasiga xizmat qiladi.
Bugun Mirjalol Qosimov tomonidan zaxirada qoldirilgan terma jamoa sardori Server Jeparov o'tgan uchrashuvdagi mag'lubiyatni shunday izohladi.
Mag'lubiyat biz uchun kutilmaganda bo'ldi. Ochig'i buni kutmagan edik. Omad deysizmi? Yo'q, omad hamisha kuchlilarga kulib boqqan. O'sha kuni Xitoy bizdan kuchli o'yin ko'rsatdi. Buni tan olaman. Ikkinchi bo'limda charchab qoldik. Menimcha, mag'lubiyatning asosiy omili aynan shu holat bo'ldi. Lekin hali imkoniyatimiz bor va bundan maksimal darajada foydalanib, muxlislar ishonchini qaytarishga harakat qilamiz, - dedi S.Jeparov.

Fikrlar