Server Jeparov: "Jahon chempionatiga chiqish uchun bundan qulay imkoniyat yana qachon bo'ladi bilmaymiz"
28 iyu 11:19
Yangiliklar
Server Jeparov: "Jahon chempionatiga chiqish uchun bundan qulay imkoniyat yana qachon bo'ladi bilmaymiz"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq sardori va bugungi kunda "Olimpik"da faoliyat olib borayotgan Server Jeparov Jahon chempionati saralash bosqichi qurasi haqida fikr bildirdi.
"Fikrimcha, juda yaxshi guruhga tushdik. Raqiblarning barchasi tanish, oldin bir necha marotaba uchrashganmiz. Yana bir qulay tarafi mamlakatlar orasi yaqinligi. KHDRni hisobga olmaganda uzoq parvozlar yo'q. Har holda Avstraliya, Yaponiyadan ko'ra yaxshiroq lokaciyalar deb o'ylayman. Kuch jihatdan barcha jamoalar teng, lekin asosiy kurash Eron, Qatar, O'zbekiston o'rtasida kechadi. Maksimal ochko jamg'arish talab qilinadi. Ochko yo'qotish kerak emas. Jahon chempionatiga chiqish uchun bu safar imkoniyatlarimiz yaxshiroq. Yana qachon bunday bo'ladi bilmaymiz. Albatta, terma jamoamizga omad tilayman. Jahon chempionatida qatnashishimizga ishonaman",- deydi Server Jeparov.
Fikrlar