Server Jeparov: "Kanada kuchsiz jamoa emas"
29 may 2016 13:05
Yangiliklar
Server Jeparov: "Kanada kuchsiz jamoa emas"
Hozirgina tahririyatimizda "Penalty" loyihasi mehmoni bo'lgan Server Jeparov yig'in haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu safargi o'yinlarda asosan mahalliy futbolchilar bilan ishtirok etamiz. Raqiblarimizni kuchsiz deb aytmagan bo'lardim. Bunday o'yinlar kerak. Kanada terma jamoasida ham bir necha nafar yaxshi legionerlar yo'q emas. Muhimi MTJdagi o'yin amaliyotini oshirib olish", - deydi Server Jeparov.
- "Lokomotiv" safida to'p tepayotgan futbolchilar deyarli 3 kunda bir o'yin o'tkazishyapti. Mana endi terma jamoa mashg'ulotlari...
- Bu oxir oqibat jarohatga olib keladi. Bu tizimni to'g'irlash kerak. Oliy liga taqvimi ustida jiddiy bosh qotirmoq kerak. Koreyadagi tizimni qo'llasak bo'ladi. U erda bir oy, haftada bir o'yin o'tadi. Keyingi oy esa Kubok qo'shiladi va yakshanba hamda payshanba kunlari o'ynaysiz. Keyingi oy yana faqat yakshanba kuni. Bunda futbolchini jismoniy holati bir tekisda ushlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar