So’nggi yangiliklar

15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  1 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  7 13:39Мало Гюсто: "Челси" Конференциялар Лигасини ютиши керак"  2 13:17Тен Хаг Амрабат "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкинлигини айтди  2 13:06Шерзод Темиров "Атлетико Мадрид"га қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  3 12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  5 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  4 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  4 11:31Анри 1999 йил "Арсенал"га ўтиши ҳақида эслади: "Венгер мен шунчаки вақт йўқотаётганимни айтган"  7 10:49Ўсмирларимиз Тошкентда йиғинга киришди. Йиғин давомида бир қатор ўртоқлик учрашувлари бўлиб ўтади  4 10:20«Ливерпуль» Европа чемпиони учун 60 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  5 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  3

Server Jeparov: "Aliboevga omad tilayman" Yangiliklar

Server Jeparov: "Aliboevga omad tilayman"

Taniqli yarim himoyachi Server Jeparov kecha Janubiy Koreya klubiga o'tgan Ikrom Aliboev haqida fikr bildirdi.

Malumki, "Lokomotiv" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev Janubiy Koreyaning "Seul klubi" bilan uch yillik shartnoma imzoladi. O'z vaqtida (2010-2011 yillar) bu klubda yana bir hamyurtimiz Server Jeparov ham to'p tepgandi.

Osiyoning ikki karra "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Jeparovdan so'ng Aliboev ham "Seul" klubiga yo'l oldi. SHu munosabat bilan Jeparovdan ushbu o'tish, shuningdek O'zbekiston milliy terma jamoasi, Osiyo Kubogi-2019 va kelajakdagi rejalari haqida fikr so'radik.

- Men Aliboev uchun juda xursandman, -  deydi Jeparov. - CHunki o'zimizdan qancha ko'p futbolchi chetga ketsa bu futbolimiz, qolaversa milliy terma jamoamiz uchun ham shuncha yaxshi. Har bir futbolchi chetda o'zini sinab ko'rsam deydi. Aliboev uchun shunday payt keldi va endi unumli foydalanib qolishi kerak. Yaxshi bilasiz, Janubiy Koreya futboli Osiyoda o'z o'rniga ega. Ularda milliy chempionat saviyasi ancha yuqori. Aliboev bir paytlar men o'ynagan "Seul" bilan shartnoma imzoladi. Bu klub haqida ham ijobiy fikrdaman. Doim o'z oldiga yuqori vazifalarni qo'yadi.  



- "Seul" negadir bu mavsumni past notada o'tkazdi. Jamoa sal qolsa birinchi ligaga tushib ketishi mumkin edi, lekin o'tish o'yin orqali Key-ligadagi o'rnini saqlab qoldi.

- Ha, bundan xabarim bor. U erda rahbariyat va murabbiy o'zgardi. Endi pastga sho'ng'ish har bir klubning boshida bor. Bunga ham tayyor turish kerak. Lekin muhimi, "Seul" yuqori ligada o'z o'rnini saqlab qoldi. Endi hammasi keyingi mavsumda ko'rinadi. Bu jamoa yana yuqori o'rinlar uchun kurashadi deb umid qilaman.

- Umuman siz Aliboev haqida qanday fikrdasiz? Har holda u bilan "Lokomotiv"da birga o'ynagansiz.

- Ikrom Aliboevni katta iqtidorga ega futbolchi deb hisoblayman. Bilaman, u maydonda biroz jahldor, "portlovchi" xarakterga ega, lekin bu bir tomondan yaxshi. CHunki futbolchi g'alaba qozonishi uchun astoydil harakat qilishi kerak. Ammo kerak paytda ehtiroslarni jilovlay olish ham lozim. Yoshligimda men ham Ikromga o'xshab jizzaki edim. Vaqt o'tgani sari futbolchi bosilib boraveradi.

- Sizningcha, Aliboevni u erda qanday qiyinchiliklar kutib turibdi?

- Birinchi navbatda til masalasi. Ikkinchidan, mentaliet va uchinchi o'rinda ovqatlanish. Tilni hal qilsa bo'ladi, chunki koreys tili grammatikasi o'zbek tiliga o'xshash, yani ularda gap tuzish o'zbekchaga o'xshab ketadi. O'ylaymanki, Aliboev ikki yil ichida koreys tilini yaxshi o'zlashtirib oladi. Mentalilet haqida gapiradigan bo'lsam, koreyaliklar ham bizga o'xshab ochiqko'ngil va mehmondo'st. Ammo ular juda talabchan. SHuningdek, u erda ko'proq achchiq taomlarni istemol qilishadi. Menimcha, bu borada ham uncha muammo bo'lmaydi: chunki hozir hamma joyda turli restoranlar ochilgan.

- Ikrom Aliboev uch yillik shartnomaga imzo chekdi. Bundan chiqdi "Seul" unga jiddiy ishonch bildiryapti, to'g'rimi?

- Men ham bu klub bilan uch yilga shartnoma tuzgandim. Endi hammasi uning o'ziga bog'liq. Buyog'iga faqat ishlash kerak. Aliboev mehnatdan qochmaydigan futbolchi, o'ylaymanki u Janubiy Koreya chempionatida o'ynab keta oladi. SHu o'rinda unga yangi jamoasida omad tilab qolaman.

- Keling, endi biroz o'zingiz haqida gaplashsak. Hozir nima ishlar bilan mashg'ulsiz?

- Eronning "Istiqlol" klubidan so'ng biroz vaqt Qozog'iston chempionatida o'ynadim. Ammo shartnomam qisqa muddatga tuzilgandi, hozir esa tugagan. Boshqa klublardan takliflarni kutyapman.




- Taklif o'zimizdanmi yo yana xorijdanmi?

- Farqi yo'q. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

- Ektor Kuper sizni Osiyo Kubogiga olib ketmayapti. SHundan kelib chiqib terma jamoa bilan xayrlashdingiz desa bo'ladimi?

- Men hali oxirgi so'zni aytganim yo'q. Terma jamoadan rasman ketdim ham demadim. Men har bir murabbiyning qarorini hurmat qilaman. Avvalo o'zim uchun yangi jamoa topib muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishim kerak, shundan keyin yana terma jamoaga chaqirilishim mumkin.

- Osiyo Kubogi-2019dan qanday natija kutyapsiz?

- O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Men ham ko'pchilik qatori faqat eng yaxshi natijani kutyapman. Bu esa chempion bo'lish hisoblanadi. Futbolda har doim eng yaxshisidan umid qilish kerak.

- Ektor Kuper boshchiligida o'rtoqlik o'yinlarini ko'rdingizmi? Yangi murabbiyning o'yin uslubi sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Ha, o'yinlarni ko'rdim. Futbolda har bir murabbiyning o'z uslubi bo'ladi. SHu o'rinda Kuperning o'yin uslubini muhokama qilmoqchi emasman. CHunki men ham futbolchiman va murabbiy tanlayotgan taktika borasida fikr bildirishim biroz noto'g'ri bo'ladi. Eng muhimi, Ektor Kuper ham harakat qilyapti. O'ylaymanki, Osiyo Kubogida Kuperning uslubi ish berib terma jamoamiz muvaffaqiyatga erishadi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика