So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  8 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Sergey Lushchan: “Zob Ohan"ga qarshi o'yin uchun tayyorlagan rejamiz bor" Yangiliklar

Sergey Lushchan: “Zob Ohan"ga qarshi o'yin uchun tayyorlagan rejamiz bor"

Osiyo CHempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ohan” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi Sergey Lushchan va klub azosi Nurullo To'xtasinov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ertangi o'yinda g'alaba qozonishimiz zarur. Bizga oson bo'lmaydi, ammo buning uchun harakat qilamiz. “Bunyodkor” yoshlarga ishonishda davom etadi, ular o'zbek futbolining kelajagi. Akram Komilov qizil kartochkasi tufayli bo'lajak o'yinni o'tkazib yuboradi. Eldor SHomurodovda biroz charchoq alomatlari bor. Bundan tashqari, u terma jamoa oldida turgan muhim o'yin uchun jalb qilingan. Ertaga nima bo'lishini faqat vaqt ko'rsatadi.

Bo'lajak o'yin uchun tayyorlagan rejamiz bor. Bundan tashqari boshqa rejalar ham tuzib qo'yganmiz. Ammo ular haqida hozir ayta olmayman. Barchasi ertaga maydonda namoyon bo'ladi”, – dedi Sergey Lushchan.

“Bunyodkor” ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushadi. Jamoa bunga tayyor, ichki muhit ham yaxshi. SHuning uchun ertangi bahsda muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. “Zob Ohan”dan qo'rqmasdan harakat qilamiz”, – deya o'z fikrini bildirdi Nurullo To'xtasinov.   

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ohan” bellashuvi ertaga, 13 mart kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика