Sergey Lushchan: "Paxtakor"ga 5 ta gol urish - ajoyib natija"

Iskandarov Abdulaziz
9 noya 2024, 19:29
"Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tabiiyki, "Paxtakor" o'yin tomonlama sifatli jamoa hisoblanardi. Qiyin bo'lishi kutilgandi, shunday bo'lsa-da, o'yinni tezkor gol bilan boshladik. Keyin esa o'zimizni tiklashga ulgurmadik. Hissiyotlar jihatdan yorqin o'yin bo'ldi deya olaman. Agarda qizil kartochka bo'lmaganida balki bizga yanada qiyin kelardi. Albatta g'alabadan xursandmiz, lekin tahlil qiladigan xatolarimiz bor. 2 ta gol o'tkazib yuborish yoqimsiz. Oson o'tkazib yuboryapmiz. Buni ruhiy holat bilan bog'lardim. Gol uryapmiz, orqaga o'tiryapmiz. Gol o'tkazib yuborsak yana o'yinga qaytyapmiz. Yigitlarga rahmat deyman. "Paxtakor"ga 5 ta gol urish ajoyib natija",- deydi Sergey Lushchan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia