So’nggi yangiliklar

14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0 13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0 13:12Руслан Жиянов: "Чемпионлик учун охиригача курашамиз"  1 12:55Акмал Мозговой: "Ҳар бир жамоа бизга қарши борини бериб ўйнайди"  5 12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  6 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  14 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  14 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  4 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  2 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 07:55Суперлига. "Навбаҳор" ва "Хоразм" жамоалари мағлубиятга учради. "Сурхон" ва "Нефтчи" баҳсида эса ҳисоб очилмади  0

Sergey Lushchan – “Bunyodkor” FK sport direktori Yangiliklar

Sergey Lushchan – “Bunyodkor” FK sport direktori

Mavsumlar oralig'ida klubimiz tuzilmasida o'zgarishlar amalga oshirildi.
Ana shu o'zgarishlardan biriga muvofiq, Sergey Ivanovich Lushchan bundan buyon “Bunyodkor” FKning sport direktori lavozimida ishlaydi. U klubda yangi tuzilgan Murabbiylar kengashi azosiga ham aylandi.

Futbol jamoatchiligi Sergey Lushchanni yaxshi taniydi.

U o'z vaqtida “Bunyodkor” safida to'p tepgan, jamoa sardori bo'lgan.

Sergey Lushchan futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng “Bunyodkor” bolalar-o'smirlar futbol maktabini tashkil etishda va uni rivojlantirishda jonbozlik ko'rsatdi. Bugungi kunda O'zbekiston o'smirlar, yoshlar va olimpiya terma jamoalari safida to'p tepayotganlar orasida “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari ko'pchilikni tashkil etadi. Bunda albatta Sergey Ivanovichning ham hissasi bor.

2014 yilning yoz faslida Sergey Lushchan asosiy jamoamiz bosh murabbiyi etib tayinlandi. Aynan u ishlagan davrda bir nechta yosh futbolchiga “Bunyodkor”ning asosiy tarkibida o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berildi va bundan yosh iqtidorlar unumli foydalanishdi. Yangi Zelandiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi safidagi futbolchilarning 10 nafari aynan Sergey Lushchanning shogirdlari edi. Ularning uch nafari – Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O'rinboev va Eldor SHomurodov 2015 yil yakunlariga ko'ra, "Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi" nominaciyasining yakuniy uchlik ro'yxatidan o'rin olishdi. Yakunda mukofot futbol sir-asrorlarini dastlabki qadamlaridan boshlab Lushchan qo'l ostida o'rgangan Dostonbek Hamdamovga nasib qildi. SHuningdek, tarkibining deyarli barcha azolari o'z akademiyamiz tarbiyalanuvchilaridan iborat bo'lgan o'rinbosarlar jamoamiz 2015 yilgi Yoshlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritishdi.

Sergey Lushchan o'z shogirdlari bilan ikki bor mamlakat kubogi finaliga yo'llanma oldi.

Agar bugungi kungacha Sergey Ivanovich futbol maktabiga direktorlik qilgan bo'lsa, bundan buyon uning vazifalari yanada kengayadi. Endi uning zimmasiga yosh bolalardan tortib, to asosiy tarkibgacha bo'lgan barcha jamoalarga etibor qaratish vazifasi yuklandi.

“Bunyodkor” FKning yangi sport direktoriga nafaqat klub, balki butun o'zbek futbolini rivojlantirish yo'lidagi mashaqqatli mehnatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика