Sergey Lushan: "Yoshlar bilan stabil o'ynash qiyin"
16 avg 2015 20:54
Yangiliklar
Sergey Lushan: "Yoshlar bilan stabil o'ynash qiyin"
"SHo'rtan" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Og'ir o'yin bo'ldi. Yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Raqibda 2ta yaxshi vaziyat bo'ldi. Qaysidir manoda bizga omad etishmadi. O'ylashimcha, "Paxtakor" bilan bahsda ko'p kuch yo'qotib yubordik shekilli.
Tarkibimizda yoshlar ko'p. Bu esa muntazam ravishda stabil o'yin ko'rsatishimizga yo'l qo'ymayapti.
Ishlashda, mehnat qilishda davom etamiz. Hali o'yinlar ko'p, o'ylaymanki, mavsum so'nggida hammasi yaxshi bo'ladi", - deydi Sergey Lushan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
Fikrlar