So’nggi yangiliklar

20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  5 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  5 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  9 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  24 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  6 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14

Sergey Lushan: "OCHLdagi bitta o'yin tajribasi oliy liganing 10ta o'yiniga teng" Yangiliklar

Sergey Lushan: "OCHLdagi bitta o'yin tajribasi oliy liganing 10ta o'yiniga teng"

Teglar :  Sergey Lushan
OCHL 5-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlarini bildirdi.
Guruhdan chiqish imkoniyatlari qolmagan. Agar yigitlarni tinchlantira olsak va yaxshi futbol ko'rsatsak bizning yutug'imiz shunda bo'ladi. SHogirdlarim futbol o'ynay olishadi, buni ular bir necha marta isbotlashgan. To'g'ri bizda muammolar bor. Jarohatlangan futbolchilar bor. Ammo hozir yigitlarning ruhiy holati ancha yaxshilanmoqda. Ertaga maydonga tushib nimaga qodirliklarini ko'rsatishlari kerak. Raqibimiz anchagina kuchli hisoblanadi, - deydi Sergey Lushan.

"Ertaga qiyin o'yin bo'ladi. Yo'qotadigan hech nimamiz yo'q. Yutishga harakat qilamiz. Ishonchni oqlash uchun g'alaba kerak", - deydi Davron Umirov.

- Guruhdan chiqishga ishonamiz degandingiz. Jamoaga guruhdan chiqish uchun nima etishmadi?
- Guruh bosqichi boshlanishidan oldin men barcha jamoalar kabi bizda ham imkoniyat bor deb aytganman. Futbolchilarimiz uchun bu katta tajriba bo'ldi. Bunday tajribani OCHLda o'ynamay turib olib bo'lmaydi. Masalan yonimdagi Umirov ertaga ilk bor OCHLda o'ynaydi. OCHLdagi bitta o'yini orqali oliy liganing 10ta o'yiniga teng tajriba olsa bo'ladi. 60 nafardan ortiq klubimiz tarbiyalanuvchilarimiz oliy ligada o'ynamoqda. 3 yildan so'ng "Bunyodkor" chempionati bo'ladi. Bunga intilayapmiz.

- Imkoniyat qolmagan vaziyatda ertaga nima qilasizlar?

- Ertaga maydonga g'alaba uchun tushamiz. Hech qanday bosimsiz harakat qilamiz. Agar yigitlarimiz o'z qo'llaridan keladigan futbol namoyish eta olishsa g'alaba qozonishimiz mumkin. Vazifamiz ertaga maydonga qaltiramay tushish. Hech qanday muammo yo'q.

- Nima uchun yigitlantirni tinchlantira olsak deb aytdingiz. Futbolchilar nima uchun qizishib ketishmoqda?

- Men uchun futbolchi 27 yoshida futbolchiga aylanadi. Bunga qadar shunchaki maydonda yugurib yuruvchi bolakay. SHaxsan men uchun. O'zim ham futbol o'ynaganman. Yigitlar nima uchun asabiylashishmoqda? Sababi muxlislar stadiondan ularni qo'llashadi, ularning ota-onasi keladi, TV orqali millionlar muxlislar ularni tomosha qilishadi. Istalgan yosh futbolchi hayajonlanadi va asabiylashadi. Faqat o'zini bosib olganidan keyingina o'zining qo'lidan kelgan ishni bajarishi mumkin. Ularni tinchlantira olmaslikda murabbiylarning aybi bor.


Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика