Sergey Lushan: "Loko" o'yin jihatidan O'zbekistondagi eng kuchli jamoa"
01 iyu 2016 21:27
Yangiliklar
Sergey Lushan: "Loko" o'yin jihatidan O'zbekistondagi eng kuchli jamoa"
- Yaxshi o'yin bo'ldi. Futbolchilar deyarli meni barcha ko'rsatmalarimni to'g'ri amalga oshirishdi. "Lokomotiv" ayni paytda o'yin jihatidan O'zbekistondagi eng kuchli jamoa. "Loko"da yuqori darajadagi futbolchilar, kuchli ijrochilar bor. Tarkib jihatidan "Lokomotiv"ga etadigani yo'q. Bugun biz o'yin tizginini o'zimiz raqibga berishni istadik va ularni qarshi hujumda "ushlamoqchi" bo'lgandik. Vaziyatlar bo'ldi, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik.
Birinchi davrani yakunladik. Peshqadam jamoadan ikki ochkoga orqada qolyapmiz. Hech bir futbolchiga etirozim yo'q. Barcha futbolchilar jonlarini berib harakat qilishdi. Ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirishni rejalashtiryapmiz. Mavsumning ikkinchi qismida kurash yanada qizg'in kechadi.
"Mashal"ning himoyasini yorib o'tish nasib etmadi, "Nasaf" bilan ham yaxshi, tengma-teng o'yin bo'ldi. "Metallurg"ga qarshi o'yin juda zo'r kechdi. Ularni qanday kuchli ekanligini bilardik, lekin ulardan bu kabi kuchli bahsni kutmagandik ochig'i."Metallurg" ushbu mavsumda juda kuchli o'ynamoqda. Ularga shunchaki tasanno deyish mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar