So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Sergey Lushan: "Guruhdan chiqish uchun ertaga g'alaba qozonishimiz shart" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Guruhdan chiqish uchun ertaga g'alaba qozonishimiz shart"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lahviya" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan qatnashdi.
Unga himoyachi Akmal SHorahmedov hamrohlik qildi.

"Guruhdan chiqish uchun biz g'alaba qozonishimiz kerak. Ertaga yutsak imkoniyat qoladi. Stadionga kelgan muxlislar hurmati uchun g'alaba qozonishimiz shart", - Sergey Lushan. 

"Ertaga musobaqa jadvaliga qaramay maydonga tushamiz. G'alaba qozonsak keyingi bosqichga chiqish imkoniyatni saqlab qolamiz", - deydi Akmal SHorahmedov.



- Akmal SHorahmedov tushmagan o'yinlarda jamoa ijobiy natijaga erisha olmayapti. Bu nima bilan bog'liq?
- Ertaga u maydonga tushadi. Demak g'alaba qozonamiz (kuladi).

- Raqibni qanchalik o'rganib chiqdingiz?

- Odatdagidek raqibning o'yinlarini ko'rib chiqdik. Guruhdan chiqish uchun "Lahviya" asosiy favoritlardan biri edi.

- Dostonbek Hamdamovga xorij klublaridan taklif borligi haqida mish-mishlar chiqdi. Bunga munosabatingiz?

- To'g'risi men ham siz kabi mish-mishlarni eshitdim. Ko'plab o'yinchilarimizga qiziqish katta. Hamdamovdan tashqari boshqa o'yinchilarga ham qiziqish bor.

- "Bunyodkor"ga kelganingizdan so'ng jamoa yoshartirila boshlandi. Sizningcha jamoa keskin tarzda yoshartirib yuborilmadimi?
- Men kelganimda jamoani 6 nafar asosiy futbolchi tark etgandi. Deyarli yangidan jamoa qurgandik. Jamoa tuzish uchun kamida 2-3 yil kerak bo'ladi. Oliy liga klublari safida 10dan ortiq futbolchilarimiz ijarada o'ynashmoqda. Kelajakda klub transferlar orqali o'zini o'zi oqlaydi. Balki keyingi yil legionerlar xizmatidan ham voz kechishimiz mumkin. Sababi o'z jamoamizda yoshlar etishib chiqishmoqda.



- O'tgan yil jamoada Xayrulla Karimov sardor edi. Bu yil siz sardorsiz. Xayrulla jamoani ortidan ergashtira olar edi...
Akmal SHorahmedov:
- Sardorlik qilish albatta qiyin va masuliyatli. Xayrulla Karimovdek tajriba yillar davomida kelsa kerak. O'tgan turdagi mag'lubiyat uchun barcha muxlislardan uzr so'rayman. Ertaga kelib bizni qo'llab quvvatlab turishlarini so'rayman.
 

Narzulla Saydullaev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика