Sergey Lushan: "G'alaba qozondik va bundan xursandmiz"
15 apr 2018 21:39
Yangiliklar
Sergey Lushan: "G'alaba qozondik va bundan xursandmiz"
O'zbekiston Kubogi 1/16 finali doirasidagi "So'g'diyona" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvilan so'ng mezbonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlarini bildirdi.
- Og'ir o'yin o'tkazdik. Ob-havoning "injiq"ligi qaysidir manoda o'z tasirini o'tkazdi. O'yinda yaratilgan ko'plab vaziyatlardan biridan foydalana oldik.
Raqib esa o'yin oxirida hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo omad biz tomonda edi. G'alaba qozondik va bundan xursandmiz.
Bugundan boshlab Superliga doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi tayyorgarlik boshlanadi. "Lokomotiv" - O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri, menimcha. Tarkibimizda bir qator futbolchilar jarohatini davolash bilan band. Albatta Toshkentdagi bahsda ochko olishga harakat qilamiz. Oldimizda turgan hozirgi asosiy maqsadimiz - qiyin vaziyatdan chiqib ketish", - deydi Lushan.

O’xshash yangiliklar
23:47
Abduqodir Husanov "Manchester Siti" - "Salford Siti" uchrashuvi eng yaxshi futbolchisi deb topildi 5
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar