Sergey Lushan: “G'alaba qozondik va bundan xursandman”
04 noy 2018 20:07
Yangiliklar
Sergey Lushan: “G'alaba qozondik va bundan xursandman”
Superliga 29-turida "So'g'diyona" o'z maydonida AGMK ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Oybek Nurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Yigitlarga xech qanday etirozim yo'q. Ular bugun maydonda borini berishdi. Juda qiyin bahs bo'ldi. Eng qiyin o'yinlarni doimo AGMK ga qarshi o'tkazamiz. Ular ko'p taraflama bizdan ustun. Biz bugun gol kiritishga muvaffaq bo'ldik va g'alaba bilan barchani tabriklayman-deydi tajribali mutaxassis.

- G'alaba golini urganimdan xursandman. Bugun jamoamiz bilan xaqiqiy iroda ko'rsatdik va g'alaba qozondik. Havo sovuqligiga qaramay stadionga tashrif buyurgan muxlislarga katta raxmat aytamiz -deydi Oybek Nurmatov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar