Sergey Lushan bugungi mag'lubiyatda kim aybdorligini aytdi
09 iyu 2018 23:19
Yangiliklar
Sergey Lushan bugungi mag'lubiyatda kim aybdorligini aytdi
Bugun Superliga 16-tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Ivanovich o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.
- Bugun mag'lubiyatga uchradik. Aybni o'z bo'ynimga olaman. Bir kun oldin yig'ilgan tarkibni bugun maydonga tushurish kerak emasligini bilardim. Futbolchilaning kuchli xohishi meni tavakkal qilishga undadi. O'yindan keyin jamoaga taklif etilgan barcha futbolchilarga o'z minnatdorchiligimni bildirdim. Sababi, ular bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Juda katta istagim bor edi. CHiroyli o'yin ko'rsatib, tomoshabinlarga g'alaba tuxfa taqdim etmoqchi edik. Hayot davom etadi. Keyingi o'yinlarda biz g'alaba qozonishimiz shart. Bosh egmaymiz. Ishlashda davom etamiz", - deydi tajribali mutaxassis.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar