So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Sergey Lushan: "Barmog'imni bir shaqillatsam, sehr bilan kamchiliklar to'g'rilanib qolmaydi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Barmog'imni bir shaqillatsam, sehr bilan kamchiliklar to'g'rilanib qolmaydi"

Superliganing 5-turi doirasida "Sho'rtan" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.


- Juda og'ir o'yin bo'ldi. Biz ham yigitlar ham bu uchrashuv qiyin bo'lishini bilgandik, Raqiblarning yo'qotadigan hech nimasi yo'q edi. "Sho'rtan"da 3-4ta yaxshi vaziyat bo'ldi. Biroq ularda vaziyatni yakunlash uchun mahorat etishmadi. Bu jamoa yaxshi, chiroyli o'yin namoyish qildi. Yigitlarga rahmat aytaman, oxirigacha chidashdi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Bundan foydalanish kerak. Ikkita gol urdik, natijadan mamnunman, faqatgina natijadan mamnunman.

- Himoyada muammolar ko'p. Eski futbolchilarni ketkazib yuborib o'rniga yangilar olib kelingan bo'lsa-da, "Navbahor"ning eng nozik nuqtasi himoya bo'lib turibdi. Jamoa ettita gol o'tkazib yubordi. Bu haqda nima deysiz?

- Hozir futbolni ajratib bo'lmaydi. Futboln 30 yil oldin o'ylab topishmagan, hozir hamma himoyada ham hujumda ham o'ynashni biladi. Ha, hozir bizda himoyada umumjamoa bo'lib himoyalanishda muammolar bor. Himoyachilarimiz juda sifatli, fikrimcha, hozirgi ikki markaziy himoyachilarimiz O'zbekistondagi eng yaxshilari. Agarda Siz ham futbolni biz kabi o'rganganingizda, Siz to'p uchun kurashlarda faqatgina bir foiz to'p yo'qotganini ko'rgan bo'lardingiz. Bu top-daraja. Himoyadagi o'yin bo'yicha savollarim ko'p. Eng avvalo himoyaviy o'yin vaqtidagi markazni to'g'rilashimiz kerak. Muammolar, kamchiliklar bor. Bularning barchasi normal holat. Nimalar bo'layotganini yaxshigina tushunib turibman. Biroq barmog'imni bir shaqillatsam, sehr bilan barcha kamchiliklar to'g'rilanib qolmaydi. Ishlashimiz kerak, progressimiz bor. Oldimizda jiddiy vazifalar bor. Biroq buning uchun bular etarli emas. Ishlashimiz kerak, himoya ustida ishlash kerak.

- "Navbahor" hujumda yaxshi o'ynayapti, har bir o'yinda ikkitadan gol uryapti. "Dinamo"ga qarshi o'yindan tashqari jamoa barcha o'yinda gollar urmoqda. Biroq "Andijon", "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda himoya sababli ochkolarni yo'qotdi.

- Muammolar yo'q demadim. Ishlayapmiz. Xatolarni kechirishmaydi. Boshqa nima qila olardik. Nima bo'lganda ham jamoa raqibdan kelib chiqib o'ynaydi, shuni tushunishingiz kerak. Hozir O'zbekistonda hujum chizig'i juda yomon holatda bo'lgan jamoani ko'rmayapman. Barcha jamoalarda tayyorgarlik yuqori, hujumchilari kuchli, ularga qarshi kurashish oson bo'lmayapti. Shu sababli bu erda biz xatolarni tezroq tuzatish jarayonidamiz.

- Azim Ahmedov o'yinni markaziy himoyada boshladi va keyin yarim himoyada o'ynadi. Bu taktika sabablimi?

- Eshiting, taktika o'yindan va raqibdan kelib chiqiladi. Dastlabki 20 daqiqalikdan keyin qanday hujumga o'tish kerakligini bilib oldik. Shu sababli o'zgarishlar qildik. Yaxshiki, tarkibimizda Azim Ahmedovga o'xshagan bir necha poziciyalarda o'ynay oladigan futbolchilar bor. Uni oldinroqqa surdik. Shu boisdan hujumdagi ishlarimiz yaxshilandi, biroq himoyada parokandalik boshlandi. U orqali o'yinni o'zgartira oldik. Yigitlar bilan mashg'ulotlarda ishlangan 3-4 xil uslub bor. Futbolchilarim buni yaxshi tushunadi. Boshimni qimirlatsam, ular barcha o'zgarishlarni amalga oshiradi. Hammasi tezda o'zgarib ketishi ham mumkin. O'tgan mavsumda bunday darajaga chiqish uchun 3 oy vaqt ketgandi. Umid qilamanki, bu mavsumda ham 3 oy bizga etarlicha bo'ladi.

- Bugun penaltini Azim Ahmedov amalga oshirdi. U jamoaning asosiy penaltichisimi?

- Ha. U penaltini yomon tepmadi. Darvozabonga gap yo'q. Yaxshi qaytardi. Uning yaxshi yoki yomon tepgani ikkinchi masala. Raqib posboni ham shunchaki to'siq vazifasini bajargani kelmagan. U ham ishlaydi. O'sha holat bizga qattiq zarba bo'ldi.

- Shohmalik Komilovning holati qanday?

- Hozircha bilmayman. Ertaga uni tibbiy ko'rikdan o'tkazamiz. Zarba suyakkacha borgani uchun o'yinni davom ettira olmadi. U bizda asosiy tarkib futbolchisi.

- Ushbu mavsumda jarohatlar ko'payib ketdi. Bu Sizni havotirga solmayaptimi?

- Yo'q, bu muammo emas. Barcha jamoalarda ham shunday bo'lib turibdi. Gap futbolchilarda emas. O'yin tez o'zgarib ketmoqda. Bizda ham tarkib uchun kurash bor.

- Jamoada qolishim uchun rahbariyat shartlarimga rozi bo'lishi kerak deb aytgandingiz. Keyinchalik Siz bilan birga 6ta murabbiy keldi. Rahbariyat Sizning shartlaringizni to'liq bajardimi?

- Rahbariyat bilan ishchi suhbatlarimiz doimo yaxshi yakun topgan. Bu normal holat. Barchasini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi. Murabbiylar shtabi haqida esa shunday deya olaman, men istagan odamimni oldim. Kimdir ketdi, ha bu yomon. Ayni damga kelib, bizga yana boshqa murabbiylar kerak emas. Meni barchasi qoniqtiradi. Bu erga kelgan murabbiylar orqali esa keyinchalik o'z mevamizni olamiz.

- "Navbahor" safardagi o'yinlardan ko'ra o'z maydonida o'ynashga qiynalmoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Ruhiyat. Chunki o'yinga bir kun qolganida ham yigitlarda bosim kuzatilishni boshlamoqda. Bu erda futbol o'ynash oson emas. Hozircha ular nimalarga qodir bo'lsa, o'shalarnigina ko'rsatib berishmoqda. Uy o'yinlari vaqtida maydonda futbolchilar "yo'qolib" ham qolishmoqda. Ular qo'llaridan keladigan narsalarni chiqarib bera olishmayapti. Bu faqatgina ruhiy jarayon bilan bog'liq. Chunki bir qancha futbolchilar chempionatda tribunadagi 20 muxlisga o'rganib qolishgan, bu erda esa unaqa bo'lmaydi. Bu erga qadar ular bunday bosimda bo'lishmagan. Shu sababli buni ustida ishlash kerak. Futbolchi bo'lganimda ham uy o'yinlarida xato qilish mumkin emasligini his qilardim. Bu katta bosim. Oradan 10 daqiqa o'tib, barchasi o'tib ketadi. Tarkibimizda rejaga kiritilgan futbolchilar ko'p, ular istalgan holatga tezda moslashib olishadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика