So’nggi yangiliklar

19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  5 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1

Sergey Kovshov: “Yigitlarga rahmat aytaman” Yangiliklar

Sergey Kovshov: “Yigitlarga rahmat aytaman”

“Andijon” – “Metallurg” (1:0) o'yinidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Sergey Kovshov ishtirok etdi.

- O'yin biz uchun ijobiy yaunlandi. Kerakli uch ochkoni qo'lga kiritdik. Yigitlar vaziyatni yaxshi tushunib turgandi. SHuning uchun ular oxirigacha kurashdi. Albatta ulardan buning uchun juda minnatdorman – deya gap boshladi Sergey Gennadevich.

- Bugun o'zgarishlar ham o'zini oqladi. Ayniqsa SHukur Jumaboev zaxiradan tushib, imkoniyatdan unumli foydalandi va gol urdi. Balki o'yin borasida kamchiliklar bo'lgandir. Lekin asosiysi biz kerakli natijani qo'lga kiritdik. Oldinda bizni yanada qiyin o'yin kutib turibdi. Farg'onada ham oson bo'lmasligi turgan gap. “Neftchi”da ikki yil ishladim va bu jamoani yaxshi bilaman. CHempionat tugashiga yana 5ta tur o'yini qoldi. Albatta qolgan bahslarda ham imkon qadar ko'proq ochko jamg'arib, oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

- Abdulloh Olimovning almashtirilishi nima blan bog'liq?
- Olimov iqtidorli futbolchi. Bilasizmi u yaqinda OTJ yig'inida bo'lib qaytdi. U erda jarohat orttirib olgandi. Bugun ham o'sha jaroxat bilan o'ynadi. SHu bois ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib esa uni almashtirishga qaror qildik – deydi Kovshov.


Islombek Rustambekov yozib oldi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика