So’nggi yangiliklar

12:41Фарғона ҳокими Қиргулидаги "Нефтчи" қароргоҳида бўлди  0 12:03Трансфер тақиқи жорий этилгунга қадар рўйхатдан ўтказилган "Нефтчи" футболчилари жамоада ўйнай оладими? Алишер Никимбаев вазиятга ойдинлик киритди  9 11:17Фарғона вилояти ҳокими «Қўқон 1912» футбол клуби марказий ўйингоҳида олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди  3 10:54Goal қуръадан кейин ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  21 10:30Бугун қуръа. У қандай тартибда ўтади?  3 10:23«Манчестер Юнайтед» 17 ёшли бола учун 60 миллион тўлашга рози бўлди  4 09:51«Лион»нинг асосий футболчиси Саудиянинг 2-лигасига йўл олди  0 09:22Кевин де Брюйненинг келажаги маълум  2 08:55Шомуродов ҳеч қаерга кетмайди  28 08:29Расман. «Ал Насср»дан сўнг «Ал Аҳли» ҳам йирик трансферни амалга оширди  2 08:06Sofascore. Шукуров шериклари орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  4 07:39Ўзбекистон кубоги март ойида старт олади  1 01:50"Милан" ва "Фейеноорд" келишувга эришиш арафасида  3 01:15Расман: "Ал Насср" 90 миллионлик трансфер амалга оширди  13 00:50Туркия. Икки футболчиси четлатилган "Сивасспор" мағлуб бўлди, Турғунбоев тўлиқ ўйнади  0

Sergey Karasyov: Haqiqiy imtihondan o'tgandek bo'ldim Yangiliklar

Sergey Karasyov: Haqiqiy imtihondan o'tgandek bo'ldim

Sergey Karasyov boshchiligidagi rossiyalik hakamlar brigadasi Evro-2016da ikkita o'yinni boshqardi. Tajribali referi uyiga qaytgach, mahalliy jurnalist­lar uni suhbatga tortishdi.

- Rafiqam aeroportda kutib oldi. SHundan so'ng Moskva yaqinidagi dala-hovlimizga yo'l oldik, - deb gap boshladi Karasyov. - Hozir dam olyapmiz.

- Farzandlaringiz qanday turnirda ishtirok etganingizni his qilishdimi?

- Hozircha hech nima deyishmadi. Qizim 8,5 yoshda. To'g'risi, futbolni unchalik tushunmaydi. Otasini televizorda ko'rsatishlarini biladi. Ammo Rossiya chempionati bilan Evroni farqlay olmaydi. O'g'lim esa hali kichkina.

- Evropa chempionatidan biroz vaqtliroq qaytdingiz, endi Olimpiadaga yo'l olasiz. Rafiqangiz norozi bo'lmaydimi?


- U futbol va hakamlikni hurmat qiladi. Aytgancha, do'stlarim bilan o'zaro kelishuvga egamiz: o'yin paytida xato qilsam, SMS yozishmaydi. Ikki tanqidchim bor - otam va rafiqam. Ularning fikrlari men uchun muhim.


- Turmush o'rtog'ingiz futbolni yaxshi tushunadimi?

- Juda yaxshi tushunadi. To'g'ri, qaysidir vaziyatlarni baholashda qiynaladi. Lekin penalti yoki kartochkalar haqida gapiradigan bo'lsak, mening haq yoki nohaqligimni ayta oladi. U bilan 1999 yildan buyon tanishmiz. Turmush qurganimizga ham ko'p bo'ldi.

- Hamkasblaringiz tabriklashdimi?


- Qutlaganlar bisyor edi. Telefonim haligacha bunday hujumga uchramagandi. Nafaqat men, balki brigadamizning barcha azolari - Tixon Kalugin, Nikolay Golubev, Sergey Lapochkin, Sergey Ivanovlarga ham qo'ng'iroqlar qilishdi. Afsuski, Anton Averyanov chempionatga bora olmadi. SHunga qaramay, uni hamon brigadamiz azosi deb hisoblayman.

- Rossiyalik futbolchilar ham tabriklashdimi?


- Yo'q. Plyaj futboli terma jamoa­si bilan ko'proq muloqot qilaman.

- Evro-2016dan ketishingizni Kollina aytdimi? Bu qanday yuz berdi?


- Ikkita uchrashuvdan so'ng harakatlarimizdan qoniqish hosil qilgandik. Hakamlar qo'mitasi ham shu fikrda edi. CHempionatda qolishga umid bog'lab turgandik. Lekin yig'ilishga qadar oldimizga Kollina kelib, barchasi haqida ogohlantirdi. Buning uchun unga rahmat. Aks holda, UEFAning qarori qattiq zarba bo'lishi mumkin edi.

- Kollina nima dedi?


- U bilan norasmiy tarzda 10 daqiqa gaplashib turdik. Bizdan tajribaliroq, evrokuboklar hamda jahon chempionatlarining yarim final va finallarida ishlagan hakamlar borligini ochiq-oydin aytdi. O'z navbatida, kelajakda bizning ham yuqori saviya­da ishlay olishimizni bildirdi.

- Buni elitaga kirish uchun imtihon, deb hisoblaysizmi?


- Haqiqatan ham haqiqiy imtihondan o'tgandek bo'ldim.

- Islandiya-Vengriya uchrashuvida penalti bilan bog'liq qiziq holat ro'y berdi. TV orqali ko'rsatilgan takroriy lavhalar ko'pchilikni ajablantirdi...


- Gap nima haqida ketayotganini tushunmayapman. Balki takroriy lavhalardan so'ng noto'g'ri tushuncha paydo bo'lgandir. Gabor Kiray to'pni uzoqlashtirgan va xatosini to'g'rilash uchun erga tashlangan. SHu vaziyatda raqib futbolchisi unga tegib ketgan. Lekin u haqiqatan ham to'pga o'ynagandi. Vaziyatni takror ko'rsangiz, men uning yiqilishiga etibor qaratmaganman. Epizod davomida islandiyalik futbolchi to'pga tashlangan. Lekin ushbu vaziyatda vengriyalik himoyachi uning oyog'iga tepgan. O'yindan keyingi muhokamada bizning haqligimiz malum bo'ldi.


- O'yinlardan keyingi muhokama chog'ida sizga etirozlar bo'lmadimi?

- Yo'q.

- Baribir, chempionatni tark etish alamlidir?


- Avvaliga hech nimani his qilmadik. Kollina bilan gaplashganimizdan so'ng bir soat o'tgach, bizni aeroportga eltishdi. Aynan o'sha erda Evro-2016da boshqa ishlamasligimizni anglab etdik.

- Evroda Rossiya chempionatidagi o'yinlardan ko'ra ko'proq yugurdingizmi?


- Bu jihat qattiq nazorat ostida. Ikki yil oldin meni Iqtidorlar va murabbiylar dasturiga kiritib qo'­yishgan. Avvaliga serbiyalik Zdravko Yokich hamrohligida, keyin bir yarim mavsum Mexuto Gonsales bilan ishladim. Xullas, bizda maxsus apparat bor. Unda qancha yugurganimiz, qancha kaloriya yo'qotganimiz hisoblab boriladi. Keyin bu natijalarni murabbiylarimizga jo'natamiz. SHundan kelib chiqsam, Rossiya chempionati o'yinlarida o'rtacha 10-11,5 kilometr yugurishga to'g'ri keladi.

- Evrodagi natijalar qanday bo'ldi?


- 10,5 kilometr atrofida. Evroda ishlayotgan hakamlar super professionallar. Ular tartibga qatiy rioya qilishadi. Kuniga ikki mahaldan shug'ullanadilar.

- Agar imkoniyat bo'lganida bosh­qa mamlakat chempionatida ishlarmidingiz?


- Doimiy ishlash uchun, albatta, ketmayman. Bu noto'g'ri bo'ladi. Ammo qandaydir o'zgarish ro'y bersa, ortiqchalik qilmasdi. Masalan, ispanlar Rossiyaga kelishsa, biz primeroga borsak, ajoyib bo'lardi.

- Rossiya hakamlar qo'mitasi rahbari Rozetti haqiqatan ham tizimni o'zgartirganmi?


- Qisqa vaqt ichida barchasini tubdan o'zgartirib yuborish imkonsiz. Bunga o'n yillar kerak bo'ladi. Lekin Roberto kerakli qarorlarni qabul qilmoqda. SHu bilan birga Evropa mentalitetini olib kirdi.

- SHaxsiy savol. Sochlaringiz 8 yoshligingizda to'kilib ketgan ekanmi?


- Ha. Nima uchun bunday bo'lganini bilmaymiz.

- Maktabga qalpoq kiyib borarmidingiz?


- Aniqrog'i, ko'chada shunday yurardim. Sinfga kirganda echib qo'yardim. Lekin bolaligimda qalpoq ki­yib futbol o'ynaganman. 13 yoshga kirganimdan so'ng kal bo'lish muammo emasligini tushunib etganman.


J.BOBOXONOV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика