So’nggi yangiliklar

20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  20 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1

Sergey Rekun: "Nasaf"ning qiziqayotgani – bor gap" Yangiliklar

Sergey Rekun: "Nasaf"ning qiziqayotgani – bor gap"

O'zbekiston kubogi chorak finaliga 1-liganing 2ta vakili - Paxtakor-2 va Cementchi jamoalarining etib kelishganini nima bilan izohlash kerak?
Bu quyi divizionda ham futbolning jonlanib qolganligidan dalolatmi yoki elitaning o'rtamiyona klublarida pasayish bo'lyapti? Har holda, har ikkala klub kuchlilar safidagi jamoalarni mag'lub etib, chorak finalga chiqdi. Endi sensaciyaning davom etishiga ishonish qiyin. CHunonchi, Paxtakor va Nasaf kabi grand jamoalar tegishlicha Cementchi va Paxtakor-2ni yarim finalga qo'yib yuborishmasa kerak. 1-liganing yana bir vakili - Oq-tepa ham yomon taassurot qoldirmadi. Poytaxtliklar Nasafga qarshi kechgan har ikki uchrashuvda mazmunli futbol namoyish etishdi. Biz aynan Qarshidagi javob o'yinidan so'ng Oq-tepa jamoasi etakchilaridan biri Sergey Rekunni suhbatga chorladik.

- Sergey, suhbatimizni Oq-tepa jamoasida paydo bo'lishingiz tarixi bilan boshlasak.

- O'tgan yili Oq-tepa rahbariyati kuchli, qiziqarli va raqobatbardosh jamoa shakllantirishni boshladi. SHu maqsadda jamoaga Aleksandr Mochinov bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu mutaxassis haqida ko'p malumotga ega edim. Menga uning qo'l ostida o'ynash qiziq tuyuldi. SHu orada Oq-tepadan rasman taklif tushdi va bunga rozilik berdim.

- Adashmasak, Paxtakorga tegishli edingiz, shundaymi?


- Ha, to'g'ri. O'tgan mavsumni ijara asosida o'tkazdim. Bu yil esa erkin agentga aylandim.

- Hozirgi holatingizdan ko'nglingiz to'qmi?
- Albatta, mamnunman. Hamma qatori men ham o'z oldimga maksimal vazifalarni qo'yaman. Oldinga intilish kerak. Bo'lib o'tgan ishga hech qachon achinmayman. Nasib qilsa, bu yil Oq-tepa oliy ligaga chiqsa, yana kuchlilar safida o'ynay boshlayman.

- Klub oldiga aynan shunday vazifa qo'yilgan...
- Xuddi shunday.

- Lekin istak boshqa, uni amalda bajarish boshqa. Oliy liganing o'ziga yarasha talablari bor. Stadion, infrastruktura, moliyaviy holat...
- Hatto Evropada ham aksariyat klublar o'z stadionlariga ega emaslar. Ularning ko'plari stadionni ijaraga olishadi. Oliy ligaga chiqqan taqdirimizda, biz ham shunday yo'l tutamiz. Kelajakda esa yangi stadion ham quriladi. Busiz iloj yo'q.

- O'zbekiston kubogi 1|8 finalida Nasafga qarshi o'ynadinglar. To'g'ri, ikki o'yin natijasiga ko'ra, imkoniyatni boy berdinglar. Lekin jamoa yomon taassurot qoldirmadi. Klub rahbariyati buni qanday qabul qildi?
- Nasafga ortiqcha tarif berish shart emasdir. Tarkib, tashkiliy masalalar, moliya, xullas, har tomonlama o'zimizdan kuchli sanalgan klubga qarshi to'p surdik. Imkon qadar qarshilik ko'rsatdik. Endi boshdan baland sakrashning iloji yo'q. O'ylashimcha, klub rahbariyati ham, murabbiylar shtabi ham o'yinimizdan qoniqish hosil qildi. Hozir oldimizda turgan eng asosiy vazifa - 1-liga g'olibi sifatida elitaga yo'l olish. Bor etiborimiz shunga qaratilgan. Oliy liga yo'llanmasini shu yilning o'zida qo'lga kiritmoqchimiz. Nasafga esa keyingi o'yinlarda ham omad tilayman.

- Eng qizig'i, sizga Nasaf jamoasidan qiziqish borligi haqida gap-so'zlar urchidi. Bu malumot haqiqatga qanchalik yaqin?
- Ha, o'zim ham Nasaf tomonidan qiziqish bo'layotganini eshitdim. Buni tasdiqlayman. Lekin hozircha rasmiy taklif tushgani yo'q. Hech kim bilan aloqaga chiqmadim. Javob o'yinida urgan golimdan keyin qiziqishlari ortsa kerak (kuladi).

- Birinchi ligadagi so'nggi uchrashuvlarda muhim ochkolarni boy berdinglar. Buni qanday izohlaysiz?
- Haqiqatan ham, murakkab ikkita safar uchrashuvini o'tkazdik. Ayniqsa, UzDongJu bilan o'yinda toza g'alabani qo'ldan chiqardik. Endi yo'qotilgan ochkolar o'rnini qolgan uchrashuvlarda to'ldirishimiz shart. CHunonchi, 2ta o'yinda 4 ochko yo'qotish orqali taqibchilarimizni yaqinlashtirib oldik...

- Birinchi liga saviyasi haqida qanday fikrdasiz?
- Saviya - o'rtacha. Ijobiy tomoni shundaki, jamoalar natijadan qatiy nazar, oxirigacha kurashishyapti. O'tkinchi o'yinlar deyarli yo'q. Albatta, ayrim stadion, shu jumladan, maydonlarning ahvoli yaxshi emas. Bu futbolimizdagi katta muammolardan biridir. Zero, sifatsiz maydonlarda futbolchi hech qachon rivojlantirib bo'lmaydi. Umid qilamanki, yildan yilga maydonlar ham ijobiy tomonga o'zgaradi.

- Kelishilgan o'yinlar yo'qmi?
- SHaxsiy fikrimcha, bunday o'yinlar yo'q. O'zi shundoq ham jamoalar moliyaviy jihatdan havas qiladigan darajada emaslar. Keyin turnir jadvaliga nazar tashlasangiz, g'irrom o'yinlar yo'qligiga amin bo'lasiz. Unda jamoalar juda zich joylashgan.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi
Manba: "InterFUTBOL" gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика