Sergey Ovchinnikov: "Noyer dunyodagi eng kuchli futbolchi"
24 dek 2014 00:01
Yangiliklar


Sergey Ovchinnikov: "Noyer dunyodagi eng kuchli futbolchi"
Rossiyalik taniqli posbon Sergey Ovchinnikov "Oltin to'p" borasidagi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ushbu yili "Oltin to'p"ni Manuel Noyer qo'lga kiritadi. Nega deysizmi? CHunki u hozirda dunyodagi eng kuchli futbolchi. Ronaldo yoki Messi bu yili nima qildi? Noyer esa darvozabonlar uchun yangi o'yin uslubini tadbiq etishga erishdi. Uning qilgan ishlari hazilakam narsa emas. Ko'pchilik Lev Yashinning qanday o'ynagani haqida gapirishadi. Ammo u uslub ancha eskirdi va ko'pchilik bilmaydi ham. Noyer misoli mashinadek harakatlanadi. Uning o'yini aqlbovarqilmas darajada. U nafaqat o'z postini qo'riqlaydi, balkim libero sifatida xavfni oldini olishga ham ulguradi. Aqli sog' odam "Oltin to'p"ni Noyer olishiga ishonadi.

Fikrlar