Sergey Lushan: "Zuagi bilan shartnoma tuzdik"
12 dek 2014 10:26
Yangiliklar

Sergey Lushan: "Zuagi bilan shartnoma tuzdik"
2014 yilgi mavsumni "Olmaliq" klubida o'tkazgan tunislik yarim himoyachi SHaker Zuagi keyingi yilni "Bunyodkor" klubi safida boshlaydi.
Bu haqda oldinroq xabar berilgandi. "Qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan ushbu transferni tasdiqladi.
"Ha, Zuagi bilan shartnoma imzoladik. Tunislik futbolchi yangi mavsumda jamoamiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonamiz. U tez kunlarda Toshkentga keladi va dastlabki yig'inimizda ishtirok etadi. Mening nazarimda, SHaker joriy mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim", - deydi Sergey Lushan "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida.

Fikrlar