Sergey Lushan: "Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishdi"
13 sen 2014 20:47
Yangiliklar


Sergey Lushan: "Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishdi"
“Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” bosh murabbiyi Sergey Ivanovich qatnashdi.
- Biz uchun natija yaxshi bo'lgan ersada-, qiyin o'yin bo'ldi. Zich himoyani yorib o'tishda qiynalyapmiz. Baqoev va Rajabovning qanday mahoratga ega ekanligini yaxshi bilganimiz uchun ham ulardan qandaydir hayiqgandik. Uchinchi golni urganimizdan bizga ancha engil bo'ldi. Zahiradan tushgan futbolchilar o'yinga qo'shilib ketishganidan xursandman. Gollar urganimizdan keyin raqib oldinga o'tishini bilardik. SHuning uchun ham tezkor yarim himoyachilarni maydonga tushirdik. Bu esa samara berdi. O'yindan ham, natijadan ham ko'nglim to'ldi, desam bo'ladi. Nuriddin Hasanov iqtidorli futbolchi. U o'yinoldi tayyorgarlik mobaynida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. SHu bois unga bugun imkon berdik, - deydi Sergey Lushan.

Fikrlar