Sergey Lushan: "Raqib jamoa g'alabaga loyiq edi"
07 noy 2014 16:28
Yangiliklar


Sergey Lushan: "Raqib jamoa g'alabaga loyiq edi"
"Bunyodkor" - "Paxtakor" (2:3) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan qatnashdi.
"Avvalo raqib jamoani chempionlik bilan va bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Ular bunga haqli tarzda erishishdi. Biz bugun birinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazdik. Lekin futbol bir taymdan iborat emas. Kamchiliklarimiz borligi sezilib qoldi. Bunday jamoalarga qarshi o'yin orqali futbolchilarimizning tajribasi oshib boraveradi. Bu o'yin final oldidan bizga katta maktab bo'ldi deya olaman. Har bir o'yin aslida tajriba maktabi hisoblanadi", - deydi Sergey Lushan.

Fikrlar